Yordamchi modalarni dori vositasining biologik samaradorligi ko‘rsatgan ta’siri
Masalan, mannit tabletka dori turlarida to‘ldiruvchi, suyuq dori shaklida esa yumshatuvchi vazifasini bajaradi. Uretan, antipirin, xinin kabi biofaol moddalar esa farmakinetik darajasini o‘zgartirgan holda dori modalarin turlarini solyubilizatsiya qilish va ta’sirini uzaytirish maqsadida qo‘llaniladi. Dori preparatlarida biofaol moddalar bilan yordamchi moddalar o‘rtasida aniq chegara qo‘yish mumkin emas, shuning uchun zamonaviy farmatsiyada yangi dori vositalarini yaratayotganda quyidagi talabni oldinga olib chiqmoqda: dorilarning terapevtik samaradorligiga yordamchi moddalarnig ta’sir etish darajasini aniqlash. Boshqacha aytganda, yordamchi moddalar ko‘r-ko‘rona emas, balki aniq (konkret) individual substansiya bilan qo‘llanilishi kerak. Yordamchi moddalarning asoslanmay qo‘lanilishi davolanish effektining pasayishi, zo‘riqishi, o‘zgarishiga yoki dori moddalarining davolanish faoliyatini batamom yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
Rezorbsiya tushunchasi;
Yordamchi moddalarning dori vositasining terapevtik faolligiga ta’sirini adabiyotlarda juda ko‘p misollar bilan keltirilgan. Masalan, laktoza izoniazidning faoliyatini minimumga olib keladi, lekin testosteronning faoliyatini kuchaytiradi, barbitalnig faolitiyatini sekinlashtiradi. Tvin-80 A, D, E vitaminlarining absorbsiyalanishini kuchaytiradi. Yordamchi moddalar terapevtik ta’sirni nafaqat kuchaytira oladi, balki dori moddalarining rezorbsiyalanish yo‘lini to‘sib terapevtik faoliyatini ham kamaytiradi. Yordamchi moddalarning ta’siri o‘rganilayotgan ishlarda surtma va shamcha asoslariga alohida e’tibor qaratiladi. Professor I.S.Axgixin natriy salitsilati, atsetilsalitsil kislotasi, norsulfazol, efedrin gidroxloridi, teturam, izoniazid, PASK, ftivazid, furazolidon, butadion kabi shamchalarda farmokinetikaga asoslarning turi ta’sirini o‘rgangan. Hattoki, asosga ozgina miqdorda dimetilsulfoksid (DMSO) kiritilishi ta’sir etuvchi moddalarning absorbsiya tezligining birdaniga oshishiga olib kelgan.