Xarakterli xususiyatlari. Yumaloq chuvalchanglarning tanasi cho‘zinchoq, yumaloq, segmentlashmagan. Hamma joylarda tarqalgan, ko‘p turlari odamda parazitlik qiladi. Yumaloq chuvalchanglarda mushak, nerv, hazm, ayirish, jinsiy sistemalar yaxshi rivojlangan. Qon aylanish va ayirish sistemalari yo‘q yassi chuvalchanglardan farq qilib, ular ayrim jinslilar hisoblanadi, jinsiy dimorfizmga ega. Yumaloq chuvalchanglarning hayot sikli yassi chuvalchanglarga qaraganda ancha sodda. Ko‘pincha ular lichinka shakllari almashinmasdan rivojlanadi. Ko‘pchilik turlarda tuxumlari va lichinkalari tashqi muhitda, oralik xo‘jayinsiz rivojlanadi. Bunday turlarni geogelmintlarga kiritiladi. Boshqa turlar biogelmintlar bo‘lib, ularning lichinka bosqichlari oraliq ho‘jayin organizmida rivojlanadi. Yumaloq chuvalchanglar orasida haqiqiy yumaloq chuvalchanglar (Nematoda) sinfi tibbiyotda axamiyatga ega, chuvalchanlar qo‘zg‘atadigan kasalliklarni nematodozlar deyiladi.
Odam askaridasi ( Ascaris lumbricoides) - askaridozning qo‘zg‘atuvchisi Parazitning yashash joyi. Odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Geografik tarqalishi. Shimoldan va sahrolardan tashqari hamma hududlarda tarqalgan. Askaridoz tarqalishiga qaraganda nematodozlar orasida ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Morfologiyasi. Yirik gijja bo‘lib, urg‘ochisining uzunligi 40 sm gacha, erkagining uzunligi esa 20-25 sm gacha yetadi. Erkagining orqa uchi qorin 308 tomoniga egilgan, tuxumlari uch qavat qobiq bilan qoplangan. Tanasi oldingi qismida og‘iz teshigi joylashgan, anusi esa orqa uchiga yaqin, qorin sohasiga joylashgan. Teri muskul qopchasi kutikula, gipoderma va mushak qavatlaridan tuzilgan. Kutikula, tashqi skelet va himoya vazifasini o‘taydi. Gipoderma simplast (ko‘p yadroli) tuzilishga ega. Mushaklar bir qavat bo‘lib gipoderma bo‘rtmalari orqali ajratilgan. Askaridalarda birlamchi tana bo‘shligi (protocel) mavjud, uning ichida suyuqlik va ichki a'zolar joylashadi. Tana bo‘shlig‘i suyuqligi gidroskelet vazifasini bajaradi, zaharli ta'sirga ega. Hazm sistemasi naysimon tuzilishga ega bo‘lib, 3 ta kutikulali labi bo‘lgan og‘izdan boshlanadi. Ichagi naysimon. Hazm sistemasida, ichakning uchinchi, orqa bo‘limi rivojlangan. Ayiruv sistemasi tana oldingi qismida joylashadi bir yoki bir nechta yirik hujayralardan boshlanib, ularda to‘plangan mahsulotlar naychalar orqali tana yon tomonidagi ayiruv naychalariga qo‘yilgan va umumiy ekskretor teshik orqali tashqariga chiqariladi. Fagositar hujayralar ham ayirish funksiyasini bajaradi. Nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasida boshlangan nerv tolalaridan iborat. Ularning eng yiriklari orqa va qorin nerv ustunlaridir. Sezgi a’zolari sust rivojlangan.