Parazitning yashash joyi. Ko‘r ichakda, yo‘g‘on ichakning yuqori qismida, ba'zan chuvalchangsimon o‘simtada parazitlik qiladi.
Geografik tarqalishi. Qilboshli gijja geogel'mintlarga kiradi, hamma joylarda tarqalgan. Trixosefalez - antroponoz kasallikdir. Tanasining "qilsimon" qismida qizilo‘ngach, kengroq keyingi qismida ichak va jinsiy a'zolar joylashgan. Jinsiy dimorfizm yaqqol bilinib turadi. Qon bilan ovqatlanadi. Hayot sikli. Axlat orqali ajratiladigan tuxumlar tuproqqa tushib qulay haroitlar (namlik, harorat, kislorod) mavjud bo‘lsa 3-4 hafta ichida rivojlanib, invazion xolatga etadi. Odamga tuxumlar qaynatilmagan suv, zararlangan ovqat mahsulotlari, yaxshi yuvilmagan sabzavot, ko‘katlar orqali alimentar usulda yuqadi. Parazitning yetuk shakli odam organizmda 5-6 yilgacha yashashi mumkin.
Patogen ta'siri.
Parazit hayot faoliyati mahsulotlari zaharli ta'sir etadi, natijada ichak funksiyasi buziladi, bosh aylanish va kamqonlik va tutqanoq alomatlari (ayniqsa bolalarda) kuzatiladi. Laboratoriyada tashhis qo‘yish uchun axlatdan tuxumlar tekshiriladi.
Egri boshli gijja (Ancylostoma duodenale) - ankilostomoz qo‘zg‘atuvchisi
Parazitning odamda yashash joyi. Odamning 12 barmoqli ichagida parazitlik qiladi. Ankilostomoz - antroponozlar guruhiga kiradi. Geografik tarqalishi. Ankilostoma geogelmint bo‘lib, tropik va subtropik mamlakatlarda, Markaziy Osiyoda, Kavkaz ortida tarqalgan. Ko‘pincha shaxtalarda va boshqa yer osti inshootlarida uchraydi.
Morfologiyasi.
Parazitning o‘lchami 10-15 mm dan oshmaydi. Oldingi qismi dorzal tomonga qiyshaygan (shuning uchun ham egri boshli gijja deyiladi). Og‘iz kapsulasida 4 ta xitinli tishlari bo‘lib, ular yordamida parazit ichak devoriga yopishadi va qon bilan oziqlanadi.
Hayot sikli.
Faqat odamda parazitlik qiladi. Tuxumlar axlat orqali tuproqqa tushadi, qulay sharoit mavjud bo‘lsa 1-2 kundan keyin tuxumdan noinvazion rabditsimon lichinka chiqadi (1 faza). 2-3 kundan keyin tullab, filyariyasimon 313 lichinkaga aylanadi (2-faza), 1-2- kundan keyin filyariyasimon lichinka yana tullab, invazion holatga aylanadi (3 - faza). Lichinkalar organizmga teri orqali (faol invaziya), yoki og‘iz orqali, ovqat va suv bilan yuqadi (nofaol, passiv invaziya). Faol invaziyalangan lichinkalar organizmda migratsiyalanadi (yurak, o‘pka, halqum, orqali qayta yutilib, ichakka tushadi). Passiv invaziyalangan lichinkalar migratsiyalanmaydi.