Tibbiy biologiya



Yüklə 227,7 Kb.
səhifə5/7
tarix14.12.2023
ölçüsü227,7 Kb.
#140841
1   2   3   4   5   6   7
tibbiy biologiya 10-stom Tulaev S

Profilaktikasi.

  • Shaxsiy profilaktikasida - oyoq yalang yurmaslikka, ishchilarning maxsus kiyimlar bilan ta’minlanishiga katta e'tibor berilishi lozim. Jamoat profilaktikasi - kasal odamlarni aniqlash va davolash, aholining yashash va ishlash joylarini obodonlashtirish, shaxtalar, yer osti inshootlari ishchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turishga asoslangan. Shaxtalarda parazitlarga qarshi biologik kurash usullari (yirtqich zamburug‘lar yordamida) qo‘llanilishi yaxhshi natija beradi.

Trixinella (Trihinella spiralis) - trihinellez qo‘zg‘atuvchisi.

  • Parazitning yashash joyi. Yetuk shakllari odamning ingichka ichagida, lichinkalari – ko‘ndalang targ‘il mushaklarda.
  • Geografik tarqalishi. Sporadik holatlari hamma joylarda uchraydi, tabiiy manbali antropozoonoz.

Morfologiyasi.

  • Mayda biogelmintlarga kiradi. Urg‘ochisining uzunligi - 3-4 mm. Erkagining uzunligi 1,5-2 mm dan oshmaydi. Urg‘ochilarining jinsiy naychalari toq bo‘lishi va tirik lichinkalar tug‘ishi trixinellalarning xarakterli xususiyatlaridir.

Hayot sikli.

  • . Lichinkalari ham, yetuk shakllari ham bir organizmda rivojlanadi. Trixinellalarning xo‘jayinlari yirtqich, hamma narsa bilan ovqatlanuvchi hayvonlar va odamlar hisoblanadi. Odamga trixinellez bilan kasallangan hayvonlar go‘shtni iste'mol qilganda yuqadi. Parazitlarning asosiy manbalari yovvoyi go‘shtxo‘r hayvonlar va cho‘chqalar hisoblanadi. Invazion bosqichi - qobiqga o‘ralgan lichinkalardir. Odam ichagida lichinkalarning qobig‘i erib ketadi va 2-3 kundan keyin yetuk shaklga aylanadi. Otalanganidan keyin tirik lichinkalarni tug‘adi. Lichinkalar qon tomirlari orqali ko‘ndalang targ‘il mushaklarga boradi (ko‘proq deltasimon, qovurg‘alararo, chaynash, ikrasimon mushaklarga, diafragmaga). Mushaklarda lichinkalar qobiqqa o‘raladi, so‘ngra qobiqda ohak moddasi to‘planadi. Shunday holatla lichinkalar 20- 25 yilgacha tirik saqlanadi. Boshqa organizmga tushganidan keyin yuqorida ko‘rsatilgan sikl yana qaytariladi.
  • Trixinellezning tarqalishida o‘limtiklar bilan ovqatlanuvchi hashoratlar katta rol o‘ynaydi. Odam trihinellez tarqalishida boshi berk yo‘l hisoblanadi.

Yüklə 227,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin