Axoli salomatligini va unga ta'sir etuvchi ko'plab ijtimoiy gigiyenik omillarni o'rganish maxsus statistik tadqiqot usullari orqali olib boriladi. Bunday tadqiqotlar faqat xodisalarni kattaligini o'rganib qolmasdan, balki ularning kelib chiqishi qonuniyatlarini ham aniqlashga yordam beradi.
Statistik tadqiqotlar axoli orasidagi tug'ilish o'lim,
Statistik tadqiqotlar axoli orasidagi tug'ilish o'lim,
kasallanishlarini ularning kattaliklarini va qonuniyatlarini ochib berish uchun qisqa umumiy dastur orqali, ularga ta'sir etuvchi ijtimoiy-gigiyenis, tibbiy-biologik omillar va tibbiy yordamning tashkil etilganligini keng va chuqur dastur orqali olib borilishi va o'tkazilishi mumkin.
Har qanday tashkil etilgan statistik tadqiqotlar bir turdagi sxemaga asoslangan va bir xil statistik bosqichlardan iborat.
Sanitariya statistik tadqiqotlar birma-bir davom etuvchi 4 bosqichdan iborat:
Statistik materiallarni jadvallarga jamlash orqali mutloq sonlar olinadi. Mutloq sonlar o'rganilayotgan voqiyalarning umumiy sonini, ularning dinamikasida o'zgarishini ko'rsatadi.
Ammo ko'pgina xollarda mutloq sonlardan foydalanib xulosalar chiqarish mumkin emas.
Ayniqsa o'rganilayotgan xodisa va voqiyalarning kattaligini o'zgarishini, sifatiy xususiyatlari va ayrim qonuniyatlarini vaqt va muxit oralig'ida bir-biri bilan solishtirish va taqqoslashda mutloq sonlardan nisbiy qiymatlar keltirib chiqarilishi lozim