Statistikada o'rtacha qiymatlar juda xam katta ahamiyatga ega. Ular yordamida bitta son bilan, kuzatilayotgan voqeaga umumlashtirilgan holda baho beriladi. O'rtacha qiymatlarni olish uchun variatsion qator tuziladi. Voqealar va xodisalar o'z kattaliklariga qarab o'sib yoki kamayib borish tartibida joylashtirilgan va ularning takrorlanish sonlari bilan birgalikda tuzilgan qatorga variatsion qator deyiladi.
1. Oddiy usul. Variatsion qatordagi xar qaysi bir variantga
bir martadan ko'p takrorlanmaganda yoki barcha variantalar bir xil sonda takrorlanganda o'rtacha orifmetik qiymat oddiy usul bilan topiladi.
Vazn usuli. Bu usul har bir variantga bir necha bor takrorlanib kelganda, kuzatuvlar soni bir necha ko'p bo'lganda (30 dan ko'p) qo'llaniladi.
Lahza usuli. O'rtacha arifmetik qiymatni lahza usulida xisoblash variatsion qatordagi har bir variantga bir necha bor takrorlanib kelganda, kuzatuvlar soni ko'p bo'lganda hamda matematik xisoblashlarni soddalashtirish uchun