Tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishning inspektsion tekshirish usuli. Reja: Kirish Asosiy qism: 1. Inspektsion tekshirish haqida umumiy tushuncha.
2. Inspeksiya tekshiruvlarning turlari, davriyligi va muddati.
3. Banklarda inpektsiya tekshiruv guruhining huquq va majburiyatlari.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o’zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining o’sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo’jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritildi. O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan, bozor munosabatlariga asoslangan barqaror iqtisodiyotni shakllantirishning muhim yo’nalishlardan biri bu moliyaviy xo’jalik foliyatini yuritayotgan banklar holatini yaxshilash, bankrot bo’lish jarayonini oldini olish hisoblanadi. Zero, jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasining ko’rsatishicha, mazkur soha o’zining iqtisodiyotga harakatchanlik baxsh etish, ko’plab ijtimoiy masalalarni hal etish, jumladan ishsizlik darajasini pasaytirish, iqtisodiy o’sish uchun asos yaratish kabi muhim vazifalari bilan ahamiyatlidir. Bunday islohotlar orqali mazkur sub’ektlar moliyaviy munosabatlarini bozor talablariga javob beradigan darajada takomillashtirish, mahsulot ishlab chikarish tannarxini samarali kamaytirish orqali eksport salohiyati yuksaltirish banklarni kelgusida muvofaqiyatli rivojlanishini ta’minlaydi.
Shu o’rinda ta’kidlab o’tish joizki, mamlakatimizda amalga oshirilayogan iqtsiodiy islohotlarda davlatning va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bosh islohotchi bo’la yotgani alohida ahamiyat kasb etmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi, turli soliq imtiyozlar berilishi va zarur shart-sharoitlar yaratilishi ular faoliyatini samarali tashkil etish imkonini bermoqda. Ko’rinib turibdiki mamlakatimizda iqtisodiyot sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Raqamli iqtisodiyotga to’liq o’tish esa mamlakatimiz oldida turgan eng ustuvor maqsadlarimizdan biridir.1 Nazorat organlariga taqdim qilinadigan ma’lumotlarning ishonchliligini darajasini tekshirish, bank holati, uning menejmenti sifati to’g’risidagi ma’lumotlarni maksimal darajada aniq shakllantirish faqatgina joylarning o’zida (on-site) inspektsion nazorat (tekshiruvlar) olib borish orqali ta’minlanishi mumkin. Joylarda tekshiruvlar o’tkazish ko’p mehnat talab qilinishi sababli nazorat organlari ularni vaqti-vaqti bilan amalga oshiradilar va ular tekshiruvlar maqsadi va hududiga bog’liq ravishda umumiy, cheklangan hamda maxsus kabi inspeksiyalarga ajratilishi mumkin.
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida respublikamizda faoliyat yuritayotgan banklarning roli tobora ortib bormoqda. Bank tizimini yanada mustahkamlash, ularning erkinligini oshirish yo’lida islohotlarga hukumat miqyosida e’tibor berib kelinmoqda. Chunki bank tizimida o’tkazilayotgan islohotlar nafaqat banklarning, balki butun iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashga asos bo’ladi. Bank tizimining barqarorligi respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishiga asos bo’ladi. Ayni paytda, xususan, oxirgi to’rt yilda bank tizimimiz beqiyos darajada rivojlandi. Bunga asosiy sabab qilib so’nggi yillarda bank tizimida yaratilayotgan erkinliklar va markaziy bankimizning mustaqilligini ta’minlanishi, prezidentimizning 2017 – 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi va uning uchinchi qismi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilishi bu borada muhim vazifa bajardi. Ayni paytda, respublikamiz bank tizimi barqaror bo’lib, buni xalqaro reyting kompaniyalari ham e’tirof etmoqda.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017 – 2021 yillarga moljallangan Harakatlar strategiyasida2 mamlakatimiz bank tizimining barqarorligini ta’minlash, ularning kapital yetarliligini xalqaro talablarga moslashtirib borish, banklarda risk menejmentini takomillashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda va sohada qator vazifalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Shu bois, iqtisodiyotni samarali boshqarish, uning muhim subyekti bo’lgan banklar faoliyatini o’rganishni, ularning ishlash usullari, funksiyalari va operatsiyalarini chuqur bilishni taqazo etmoqda.
O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni tijorat banklari faoliyati, boshqaruvi, banklarda risk menejment mehanizmlarini cheklash, banklar faoliyatiga tegishli bo’lmagan vazifalarni yuklashni bartaraf qilish vazifalarini belgilab berdi3.