Tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishning inspektsion tekshirish usuli. Reja: Kirish Asosiy qism: Inspektsion tekshirish haqida umumiy tushuncha


Inspektsion tekshirish haqida umumiy tushuncha



Yüklə 25,64 Kb.
səhifə2/6
tarix29.11.2022
ölçüsü25,64 Kb.
#120107
1   2   3   4   5   6
Tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishning inspektsion teks

1.Inspektsion tekshirish haqida umumiy tushuncha.
Banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) o‘tkazishni Markaziy bank tomonidan inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish vakolati berilgan uning tegishli tarkibiy tuzilmasi (bundan buyon matnda tekshirish o‘tkazuvchi tarkibiy tuzilma deb yuritiladi) amalga oshiradi.
Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:4
Kompleks inspeksiya qilish (tekshirish) — banklar va ularning filiallarini haqiqiy moliyaviy ahvolini va bank faoliyatiga xos bo‘lgan xavf-xatarlarni bevosita joyiga chiqish orqali o‘rgangan holda ularning faoliyatiga umumiy baho berish maqsadida bir vaqtda inspeksiya (tekshirish) o‘tkazilishini ko‘zda tutuvchi nazorat turi;
Alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish) — bank va (yoki) uning filiallarida ayrim bank operatsiyalarini inspeksiya qilish (tekshirish)ni ko‘zda tutuvchi nazorat turi;
Masofadan nazorat qilish — muammolarni boshlang‘ich davrida aniqlash maqsadida banklar tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlar tahlili, shu jumladan, ularning moliyaviy holatining monitoringiga asoslangan nazorat turi;
Nazorat tartibidagi inspeksiya qilish (tekshirish) — bank va (yoki) uning filiallarida tekshirish o‘tkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan oxirgi inspeksiya (tekshirish)da aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishi ahvolini nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladigan tekshirish.5
Tekshirish o‘tkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan banklar va ularning filiallari faoliyatini tekshirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  1. banklar va ularning filiallarini moliyaviy holatiga baho berish, ularning

faoliyatida mavjud bo‘lgan xavf-xatarlarni, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlar manfaatlari himoyasi ta’minlanganligini aniqlash va baho berish;

  1. banklar va ularning filiallari faoliyatiga xos tavakkalchilikni baholash, iqtisodiy

normativlarga rioya qilinishi, ularga belgilangan me’yorlarning to‘g‘ri hisoblanishi ahvolini tekshirish. Bunda tashqi omillarning bank moliyaviy holatiga ta’sirini aniqlash nuqtai nazaridan hamda bank kapitali, aktivlari sifati, boshqaruvi, daromadlari hamda likvidliligiga baho berishda “CAMEL(S)” tizimiga muvofiq holda tekshirish;
Banklar va ularning filiallarida buxgalteriya apparatining tuzilishi, buxgalteriya ishi va hujjat aylanishini tashkil etilishi, buxgalteriya hisobining umumiy qoidalariga rioya etilishi, buxgalteriya hisobi va hisobotlarini to‘g‘ri yuritilishi va haqqoniyligi, kapital, aktivlar, majburiyatlar, pul oqimi, asosiy vositalar hisobining va balansdan tashqari hisobvaraqlarning buxgalteriya andozalari tamoyillariga mos ravishda yuritilishi hamda bank moliyaviy holatiga foiz stavkasi, chet el valyuta kursi, kredit, likvidlilik, tavakkalchilik va boshqa omillarning ta’sirini alohida tekshirish
Oxirgi inspeksiya (tekshirish) natijalari bo‘yicha aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishini ta’minlash hamda bank reytingini belgilash yuzasidan takliflar berish;6

oshirilishi ahvolini tekshirish;

  • banklar va ularning filiallari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilinishi ahvolini tekshirish.

Inspeksiya (tekshirish) hisobotini bank va uning filiallari rahbarlari yoki xodimlari imzolashdan bosh tortganda yoki uni imzolash asossiz kechiktirilganda tekshiruv guruhi rahbari va a’zolari tomonidan imzo qo‘yilib, bu haqda Markaziy bank rahbariyatiga bildirishnoma kiritish.
Bank va uning filiallarida o‘tkazilgan inspeksiya (tekshiruv) natijasi inspeksiya (tekshirish) hisobotida aks ettiriladi. Inspeksiya (tekshirish) hisoboti uch nusxada tuzilib, ularning har biri tekshiruv guruhi rahbari va a’zolari, inspeksiya (tekshirish) o‘tkazilgan bank yoki uning filiali rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi.Bank va (yoki) uning filiali rahbari yoxud bosh buxgalteri inspeksiya (tekshirish) hisobotini imzolashni rad etgan taqdirda, ularning bu haqdagi asoslantirilgan fikr va e’tirozlari bayon etilgan tushuntirish xati taqdim etilishi shart.Inspeksiya (tekshirish) hisobotini bank va (yoki) uning filiali rahbari yoxud bosh buxgalteri tomonidan imzolashning rad etilishi inspeksiya (tekshirish) hisobotini Markaziy bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmasiga taqdim etilmasligiga asos bo‘lmaydi.7



Yüklə 25,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin