Tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishning inspektsion tekshirish usuli. Reja: Kirish Asosiy qism: Inspektsion tekshirish haqida umumiy tushuncha


Banklarda inpektsiya tekshiruv guruhining huquq va majburiyatlari



Yüklə 25,64 Kb.
səhifə4/6
tarix29.11.2022
ölçüsü25,64 Kb.
#120107
1   2   3   4   5   6
Tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishning inspektsion teks

3. Banklarda inpektsiya tekshiruv guruhining huquq va majburiyatlari.
Banklar va ularning filiallarida kompleks inspeksiya qilish (tekshirish) Markaziy bankning farmoyishi asosida har bir bank bo‘yicha alohida tayinlanadi. Bunda banklar va ularning filiallarini kompleks inspeksiya qilish (tekshirish) Markaziy bankning farmoyishiga ilova qilinadigan tegishli inspeksiya (tekshirish) savolnomasiga muvofiq bank operatsiyalari tanlov asosida amalga oshiriladi. Nazorat tartibidagi va alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish)lar Markaziy bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmalarining farmoyishlari asosida tayinlanadi.10
Banklar va ularning filiallarini inspeksiya (tekshirish)dan o‘tkazuvchi tekshiruv guruhining tarkibi va uning rahbari, bajariladigan ishlar hajmi va xususiyati, filiallar tarmog‘ining kengligi inobatga olingan holda Markaziy bank farmoyishiga ilova tariqasida tasdiqlanadi.Zarur hollarda inspeksiya (tekshirish) o‘tkazuvchi tekshiruv guruhi tarkibiga banklar va boshqa tashkilotlarning malakali mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
Tekshiruv guruhi rahbari ushbu guruhga rahbarlik qiladi, uning ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi, tekshiruv guruhi a’zolarining bilimi va tajribasini hisobga olgan holda, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi. Tekshiruv guruhi rahbari ushbu guruh a’zolari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi va inspeksiya (tekshirish) hisobotini tuzadi. Tekshiruv guruhining inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank hamda uning filiallari tomonidan mazkur Nizomda belgilangan talablarni o‘z vaqtida yoki umuman bajarmaslik inspeksiya (tekshirish) o‘tkazilishiga qarshilik ko‘rsatilgan deb hisoblanadi va bunday holat dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma tekshiruv guruhi rahbari hamda inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank yoki uning filiali rahbari, bosh buxgalteri yoki boshqa xodimlari tomonidan imzolanadi.
Bunda bank yoki uning filiali rahbari, bosh buxgalteri yoki boshqa xodimlari dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan hollarda, dalolatnoma tekshiruv guruhi rahbari va tekshiruv guruhning kamida bir a’zosi tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va bir nusxasi inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank va uning filialiga ma’lumot uchun, ikkinchisi esa inspeksiya (tekshirish)ni tayinlagan Markaziy bankka yoki uning hududiy Bosh boshqarmasi boshlig‘iga tegishli choralar ko‘rish uchun topshiriladi.11
Banklar va ularning filiallarini inspeksiya (tekshirish)dan o‘tkazuvchi tekshiruv guruhining
huquq va majburiyatlari.
Tekshiruv guruhi quyidagi huquqlarga ega:

  • inspeksiya (tekshirish) o‘tkazilayotgan bank va uning filiallari faoliyati bilan

bog‘liq binolarga va xizmat xonalariga erkin kirib chiqish;

  • avtomatlashtirilgan bank va axborot tizimlaridan zarur ma’lumotlarni tanlash

rejimida foydalanish hamda ushbu ma’lumotlarning elektron nusxalarini olish;

  • inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur

hujjatlarning asl nusxalari va boshqa axborotlarni talab qilish;


  • banklar va ularning filiallari rahbari va xodimlaridan inspeksiya (tekshirish)

o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur har qanday hujjatlarning asl nusxalaridan nusxa olish, lozim bo‘lganda esa hujjatlar nusxalarini imzolangan, raqamlangan va tikilgan holda taqdim etilishini talab qilish;
Bank va uning filiallarining rahbarlari va xodimlari bilan suhbatlar o‘tkazishga, ulardan inspeksiya (tekshirish) davomida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar va tushuntirishlar olish, shuningdek qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmaganlik yoki ularni talab darajasida bajarmaslik holatlari yuzasidan yozma tushuntirishlar talab qilish;
Inspeksiya (tekshirish) hisobotini bank va uning filiallari rahbarlari yoki xodimlari imzolashdan bosh tortganda yoki uni imzolash asossiz kechiktirilganda tekshiruv guruhi rahbari va a’zolari tomonidan imzo qo‘yilib, bu haqda Markaziy bank rahbariyatiga bildirishnoma kiritish.
Tekshiruv guruhi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.Tekshiruv guruhi quyidagilarga majburdir:
1. Inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish huquqini beruvchi barcha zarur hujjatlarni taqdim etish;
2. inspeksiya (tekshirish) davomida tekshirilayotgan bank va uning filiallari joriy faoliyatini amalga oshirishiga xalaqit bermaslik;
3. inspeksiya (tekshiruv) hisobotining bir nusxasini tekshirilayotgan bank yoki uning filiali ixtiyorida qoldirish;
4. inspeksiya (tekshirish)ni o‘z vaqtida hamda sifatli o‘tkazilishini ta’minlash;
5. inspeksiya (tekshirish) davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan bank, tijorat va xizmat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik;
6. tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yozuv kiritish;
Inspeksiya (tekshirish) davomida bank va uning filiallaridan foydalanish uchun olingan hujjatlar va mulklarni but saqlanishini hamda inspeksiya (tekshirish) yakunlangandan so‘ng qaytarilishini ta’minlash.
.Tekshiruv guruhi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham o‘z zimmasiga olishi mumkin.12


Yüklə 25,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin