Tijorat banklarini valyuta operatsiyalari. Tijorat banklarining qimmatli qog'ozlar



Yüklə 42,02 Kb.
səhifə7/11
tarix09.12.2023
ölçüsü42,02 Kb.
#138494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
TIJORAT BANKLARINI VALYUTA OPERATSIYALARI. TIJORAT BANKLARINING QIMMATLI QOG\'OZLAR

Kliring faoliyati – bu faoliyat o‘zaro majburiyatlarni aniqlash bo‘yicha (yig‘im, sverka, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitim axboroti korrektirovkasi va bular bo‘yicha buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash) va qimmatli qog‘ozlar taklifi bo‘yicha hisobotdir.
Aksionerlik tijorat banki o‘zining shaxsiy qimmatli qog‘ozlarini ustav kapitalini oshirish yoki mablag‘larni o‘zlariga jalb qilish maqsadida chiqarishlari mumkin.
SHu yo‘l bilan bank qimmatli qog‘ozlar bozoriga moliyaviy vositachi (broker), moliyaviy investor (diler) va qimmatli qog‘ozlar emitenti sifatida qatnashishi mumkin.
REPO operatsiyalari.
REPO operatsiyasi – bu qimmatli qog‘ozlarni keyinchalik yuqoriroq bahoda sotish (sotib olish) majburiyati bilan sotib olish (sotish). REPO shartnomasining birinchi qismida sotuvchi kreditlanadi va ikkinchi qismida pul mablag‘lari egasiga ortig‘i bilan qaytariladi. Qimmatli qog‘ozlar egaligini huquqiy berish ma’lum vaqtga kreditni ta’minlangan qiladi va riskni kamaytiradi.
Haqiqiy REPO va sotuv turidagi REPO qayta sotib olish bilan farqlanadi. Haqiqiy REPO faqatgina tomonlar o‘rtasida REPO bitimini to‘zish to‘g‘risidagi bosh shartnoma bo‘lgandagina to‘ziladi. Bunday shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlarini hamda ular o‘rtasidagi hisob-kitob qoidalari aniq ko‘rsatiladi. Haqiqiy REPOning foizli daromadlari sotish va qaytib sotib olish turidagi REPOnikidan yaqqol farq qiladi.
Banklar mustaqil ravishda investitsiya va savdo portfelini shakllantirish tartibini o‘rnatadi shu bilan birga qimmatli qog‘ozni bir portfeldan ikkinchisiga o‘tkazishni ham.
Odatda qimmatli qog‘ozlar kutilgan daromadni keltirmasa va keltirish kutilmasa, shuningdek u o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajarib bo‘lsa yoki moliyaviy resurslarni ishlatilishini yaxshiroq yo‘llari paydo bo‘lsa ular sotiladi.
Bankning qimmatli qog‘ozlar portfelining strukturasi.


Yüklə 42,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin