TIJORAT BANKLARINI VALYUTA OPERATSIYALARI. TIJORAT BANKLARINING QIMMATLI QOG\'OZLAR
Qimmatli qog‘ozlar portfeli
Investitsiya portfeli
Savdo portfeli
Foiz va divident shaklida foyda olish maqsadida olingan qimmatli qog‘ozlar
qaytarib sotish bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar
REPO operatsiyalari bo‘yicha olingan qimmatli qog‘ozlar
Moliya bozorida ishtirok etuvchi KTi bank boshqaruvining umumiy shartlariga bo‘ysungan holda axborotlarni sir saqlaydi.
Qimmatli qog‘ozlarning bozor koterovkasiga ega bo‘lgan turiga ularning qadrsizlanishi bo‘yicha rezervlarni hosil qilish maqsadida chiqarilgan emission qimmatli qog‘ozlar kiradi, quyidagi shartlarga javob beradigan:
a) qimmatli qog‘ozlar bozorida savdo tashkillashtiruvchi orqali yoki fond birjasida amal qilish uchun ruxsat, bunda davlat komissiyasi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tegishli litsenziyani bergan bo‘lishi kerak, xorijiy fond birjasi yoki savdo tashkiloti uchun – milliy vakolatli organ;
b) yuqorida ko‘rsatilgan fond birjasi yoki savdo tashkiloti hisobot oyi oboroti miqdori 20 ming evrodan kam bo‘lmasligi kerak;
v) bozor narxi to‘g‘risida axborotning ochiqligi, ya’ni unga kirish uchun qonunchilik asosida foydalanuvchidan maxsus huquq (imtiyoz) talab qilinmaydi.
Bozor narxi deganda bitim bo‘yicha bir fond birjasi yoki savdo tashkiloti kunidagi bir qimmatli qog‘ozning o‘rtacha o‘lchangan narxi tushuniladi. Agar qimmatli qog‘oz to‘zish sanasi yoki bitimning rezerv korrektirovkasi ikki yoki undan ortiq fond birjalarida amalga oshirilgan bo‘lsa, unda bozor narxi hisobot oyida eng katta oborotni fond birjasidan olinadi.
K.T. hisobot oyining natijalari bo‘yicha oldin to‘zilgan rezervlarning korrektirovkasini qimmatli qog‘ozlarni miqdori va bozor narxini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Agar qimmatli qog‘ozlarga bank mablag‘i qo‘yilgan bo‘lsa, hisobot oyi natijalari bo‘yicha ularni qadrsizlanishiga rezervlar to‘zish uchun mo‘ljallangan bozor koterovkasini qimmatli qog‘ozlarga tegishli bo‘lsa, hisobot oyini oxirgi ish kunidagi bozor narxi qimmatli qog‘ozlarning ikki marta kamaygan amaldagi narx bo‘yicha olinadi.
Bozor koterovkali qimmatli qog‘ozlarlarga aksiyalarni olib borishda ularni qadrsizlanishiga rezerv hisoblash uchun ushbu emitent bir qancha chiqargan va turli davlat nomerli aksiyalar bo‘yicha to‘zilgan bitimlar hisobot oyi bozor oboroti qimmatli qog‘ozlarga ruxsat beriladi. Rezerv har bir olingan qimmatli qog‘ozlar paketini, ularning balans qiymatidan kelib chiqqan holda to‘zilishi kerak bir turdagi qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha qiymatidan kelib chiqqan holda rezerv shakllantirishga ruxsat berilmaydi .
Agar hisobot oyi natijalari bo‘yicha bank rezidentlari va boshqa yuridik shaxs rezidentlar chiqargan qarz majburiyatlari va aksiyalar qayta sotishga va investitsiyaga olingan bo‘lsa unda ular bozor korektirovkasiga ega kategoriyadan koterovkalanmaydigan kategoriya o‘tkaziladi