Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari- depozit operatsiyalari deyiladi.
Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga bankka ham manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi, keyinchalik esa bank turli xo‘jalik sohalarini qulay shartlar asosida kreditlaydi.
Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank marjasi (mukofoti) bo‘lib hisoblanadi.
Depozit operatsiyalar - banklarning depozitorlar bilan tuzgan shartnomalari asosida depozit maqsadlariga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalaridir.
Tijorat banklarining aktiv opertsiyalari
Bu banklarning passiv operatsiyalari natijasida shakllantirilgan mablag‘larini iqtisodiy jihatdan daromad (foyda) olish maqsadida turli maqsadlarga joylashtirish va likvidligini ta’minlash bilan bog’liq operatsiyalardir. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyatida juda muhim hisoblanadi. Chunki ular ushbu operatsiyalar orqali daromadlarini shakllantiradilar va aktiv operatsiyalar doimo ma’lum darajada riskga ega bo’ladi.
Tijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko’ra
Fond operatsiyalarida banklar qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar bajarish bilan birga, fond birjalarida oldi - sotdi qilinadigan qimmatli qog'ozlar va veksellar bilan operatsiyalarni amalga oshiradi
Fond operatsiyalarida banklar qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar bajarish bilan birga, fond birjalarida oldi - sotdi qilinadigan qimmatli qog'ozlar va veksellar bilan operatsiyalarni amalga oshiradi
Banklaming valyuta operatsiyalari bevosita xorijiy mamlakatlar milliy valyutasini oldi - sotdisi bilan bog'liq operatsiyalar hisoblanib, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursini o'zgarishi hisobiga foyda yoki zarar ko'rishi mumkin
Banklar kassa operatsiyalari orqali mijozlarga naqd pullarni berish va ulardan naqd pullarni qabul qilish bilan bog'liq ishlarni amalga oshiradi.