Birinchidan, banklar sizning mablag‘ingiz bilan samarali foydalanishni va xavfsizligini ta'minlagan holda, omonatga pulingizni qabul qilib, foiz to‘lash orqali mablag‘laringizni ko‘paytirib beradi.
Ikkinchidan, Sizga mablag‘ kerak bo‘lganda yoki zarur narsalarni sotib olish uchun jamg‘armalaringiz yetarli bo‘lmaganda, tijorat banklari sizga kreditlar taqdim etishi mumkin. Misol uchun, uy, texnika, avtomobil, mebel sotib olish, o‘qish to‘lovlari va boshqalar uchun kreditlar olishingiz mumkin.
Uchinchidan, banklarning kassalari va mobil ilovalari orqali mahsulotlarning xaridi, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar, jarimalar va boshqalar uchun to‘lovlarni amalga oshirish oson.
To‘rtinchidan, naqd pulsiz mablag‘lar bilan to‘lash uchun tijorat banklarida hisobvaraq ochish mumkin. Bu, onlayn do‘konlarda amalga oshirilgan xaridlar uchun eng qulay to‘lov yo‘li hisoblanadi. Bank hisobvarag‘iga mablag‘ingizni qo‘yib, ularni xavfsizlikda saqlaysiz.
Tijorat banklarining passiv operatsiyalari
Tijorat banklari asosan jamiyatdagi vaqtinchalik bo'sh pul mablag’larni jalb qilish va ushbu mablag’larni tegishli maqsadlarga joylashtirish orqali tegishli foydani shakllantiradi. Banklarning vaqtinchalik bo'sh pul mablag’larni jalb qilish bilan bog'liq operatsiyalari passiv operatsiyalar hisoblanadi. Banklarning passiv operatsiyalari tegishli xarajatlar evaziga amalga oshirladi.
Demak, tijorat banklari passiv operatsiyalari natijasida moliyaviy resurslarni shakllantiradi. Resurslar ikkita yirik manba: jalb qilingan mablag‘lar va o‘z mablag'laridan iborat. Resurslar bank balansining passivida hisobga olib boriladi. Xalqaro bank amaliуotida bank resurslari tarkibida depozit mablag'lar ayniqsa muddatli depozitlar asosiy ulushni tashkil etadi. Bank resurslari tarkibida muddatli depozitlar ulushining yuqoriligi banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga va to‘lovga layoqatliligini ta’minlashga bevosita ijobiy ta’sir ko'rsatadi

Tijorat banklari passiv operatsiyalarining asosan to‘rtta shakli mavjud
Tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlarini muomalaga chiqarish yo‘li bilan resurslar yig‘ish;
Boshqa kreditlarning mablag‘larini jalb qilish
Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish
Depozit operatsiyalarni amalga oshirish