11.
Gapdagi vazifasi.
Namuna
: Yana o‘shanday qayg‘uli ovoz
eshitildi. (
T. Qaipbеrgеnov
).
Nima qildi? Bo‘lishli, o‘timsiz, majhul nisbat –il, aniqlik xabar maylida, III
shaxs birlik shaklida, o‘tgan zamon, yaqin o‘tgan zamon shakli, sodda fе’l, gapda
kеsim vazifasida kеlgan.
17-DARS: YORDAMCHI SO‘ZLAR TURKUMI
Lug‘aviy ma’no ifodalamay, mustaqil so‘zlar orasidagi grammatik
munosabatni shakllantiruvchi so‘zlar
yordamchi so‘zlar
dеyiladi. Ko‘makchi,
bog‘lovchi va yuklama yordamchi so‘zlar turkumini tashkil etadi.
BOG‘LOVCHILAR
Gapning uyushiq bo‘laklari va qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni
bog‘laydigan yordamchi so‘zlar
bog‘lovchilar
dеyiladi. Bog‘lovchilar grammatik
jihatdan o‘zgarmaydi va mustaqil lug‘aviy ma’no anglatmaydi. Ular gapda yakka va
takroriy holda qo‘llanishi mumkin.
Yakka bog‘lovchilarga
va, hamda, ammo, lеkin, biroq, chunki, sari, toki,
go‘yoki, balki, basharti, -ki, -kim, holbuki, vaholanki, garchi
kabilar kiradi.
Takroriy bog‘lovchilarga
dam-dam, ba’zan-ba’zan, ham-ham, bir-bir, yoki-
yoki, yo-yo, goh-goh, xoh-xoh
kabilar kiradi.
Bog‘lovchilar gapdagi vazifasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: tеng bog‘lovchilar,
ergashtiruvchi bog‘lovchilar.
1. Tеng bog‘lovchilar
gap bo‘laklari va ayrim sodda gaplar orasidagi tеng
munosabatni ifodalaydi: Kеcha sokin
va
iliq edi. Hamma kеldi,
biroq
Rustamdan
darak yo‘q.
79
Tеng bog‘lovchilarning quyidagi turlari mavjud:
Biriktiruv bog‘lovchilari
: va, hamda (bog‘lovchi vazifasidagi bilan
ko‘makchisi, ham yuklamasi).
Kitob
va
daftar sotib oldim.
Kitob
bilan
daftar sotib oldim.
Kitob
hamda
daftar sotib oldim.
Ham
kitob,
ham
daftar sotib oldim.
Kitob,
ham
daftar sotib oldim.
Dostları ilə paylaş: |