Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 
Sinonimi. 
Namuna
: Iroda 
faqatgina
arzimas narsalarga, faqatgina 
qandaydir
ma’nosiz 
narsalarga osilib oladigan bo‘lsa, u qaysarlikka aylanib qoladi (T.Malik). 
1.
faqatgina, -dir 
2.
faqatgina ayiruv va ta’kid yuklamasi, -dir gumon yuklamasi. 
3.
so‘z va qo‘shimcha shaklidagi yuklamalar. 
4.
so‘z – yuklama ayrim yoziladi, qo‘shimcha shaklidagi yuklama qo‘shib 
yoziladi. 
5.
faqatgina – yolg‘iz, qandaydir – allaqanday. 
18-DARS: ALOHIDA OLINGAN SO‘ZLAR TURKUMI 
MODAL SO‘ZLAR 
So‘zlovchining o‘z fikriga munosabatini ifodalagan so‘zlar 
modal so‘zlar
hisoblanadi. Modal so‘zlar gap mazmuniga 
aniqlik, shubha, gumon, maqsad, talab, 
shart, mavjudlik, tasdiq, inkor, xulosa, eslatish, achinish, afsus 
kabi ma’nolarni 
qo‘shadi. Shunga ko‘ra ular quyidagi ma’no guruhlariga bo‘linadi: 
1. Fikr aniqligini ifodalovchi modal so‘zlar.
Bunda fikrning rostligi 
(darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda),
fikrning qat’iyligi 
(shubhasiz, so‘zsiz, shaksiz),
fikrga ishonch bildirish 
(albatta, albat),
fikr aniqligini eslatish 
(aslida, darvoqе)
kabi 
ma’nolar ifodalanadi. 
2. Fikr noaniqligini ifodalovchi modal so‘zlar
. Bunda fikrning taxminiyligi 
(shеkilli, chog‘i, chamasi),
gumon 
(ehtimol, balki, har holda, har qalay
), tusmol 
(hoyna-hoy, aftidan, mazmuni)
kabi ma’nolar ifodalanadi. 
3. Fikr tartibi va so‘zlovchi munosabatini bildiruvchi modal so‘zlar: 
birinchidan, ikkinchidan, avvalo, xullas, binobarin, masalan, jumladan, zеro, zotan
kabi. 
4. Hissiy holat ma’nosini ifodalovchi modal so‘zlar:
attang, ajabo, hayriyat, 
afsus, essiz 
kabi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin