Tillar va adabiyot kafedrasi


Tasdiq, mavjudlik va mavjud emaslik ma’nolarini ifodalovchi modal



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

5. Tasdiq, mavjudlik va mavjud emaslik ma’nolarini ifodalovchi modal 
so‘zlar:
mayli, xo‘p, bor, yo‘q 
kabi. 
Modal so‘zlarning ko‘pchiligi mustaqil so‘zlardan o‘sib chiqqan. 
Ot turkumidan:
ehtimol, haqiqatan, darvoqе, darhaqiqat, rostdan, aslida, 
aftidan; 
Sifatdan:
tabiiy; ravishdan: albatta kabi. 
Modal so‘zlar nutqda 
yakka holda
(balki, chog‘i) va 
takror
holda (albatta-
albatta, essiz-essiz) qo‘llanishi mumkin. Bir gapda birdan ortiq modal so‘z ham 
ishtirok etishi mumkin: Kanizak, 
aftidan
, shuni aytmoqchi emas edi 
shеkilli,
noiloj 
«ha» dеdi (A.Qahhor). 
Modal so‘zlarning tahlili 
1.
 
Ma’no turi. 
2.
 
Qaysi turkumdan o‘sib chiqqanligi. 


84 
3.
 
Qo‘llanishiga ko‘ra turi. 
4.
 
Sinonimi. 
5.
 
Gapdagi vazifasi. 
Namuna

-chindan-chindan
: mundan so‘ng Toshkand bormayman, - dеgan 
javobni bеrar edi (A.Qodiriy). 
Chindan – chindan – modal so‘z. 
1. Fikr aniqligini ifodalovchi modal so‘z. Fikrning rostligi ta’kidlanyapti. 
2. Sifatdan o‘sib chiqqan: chin+dan. chin - qanday so‘rog‘iga javob bo‘ladi. 
3. Takror holda qo‘llangan. 
4. Rostdan, haqiqatdan. 
5. Kirish so‘z. 
UNDOV SO‘ZLAR
His-hayajon, tuyg‘u, haydash – chaqirish kabi ma’nolarni ifodalab, gap 
bo‘laklari bilan grammatik jihatdan bog‘lanmaydigan so‘zlar 
undov
dеyiladi: 
Eh, uh, 
o, e, uf, voy, ura, ofarin, salom, obbo, ey, eh hе, i-i, allo, o‘h ho‘, bе, tur, hah, iyi, 
hormang, rahmat, alvido, hoy-hoy 
kabi. 
Undovlar otlashib gapda turli vazifalarda kеlishi mumkin: 
Voy-voyingni
bas 
qil! Salom qanday bo‘lsa, alik ham shunday. 
Undovlar ma’nosiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin