Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 
Mashq. 
Berilgan matndagi so‘zlarni biriktiruvchi asosiy vositalar – egalik, 
kelishik affikslari va tuslovchilarni aniqlab, ularni o‘zlari bog‘lanadigan so‘zlari bilan 
birga birikma holida ajratib yozing. Bularning qaysilari 
ega kesim
munosabatini 
ko‘rsatuvchi gap ekanligini, boshqalarini esa so‘z birikmasi ekanligini ko‘rsating. 
Avval Rais buva bilan boyagi suhbatdoshi, ulardan keyin Sherzod ichkari kirdi. 
Xonada o‘n-o‘n ikki kishi o‘tirar, kabinet jihozlari oddiy edi. Devorga viloyat xaritasi 
ilib qo‘yilgan edi. Sherzod stol to‘rida o‘tirgan kishini darrov tanidi. Kulcha yuzlarida 
dehqoncha sodda bir ifoda aks etib turgan, doim do‘ppi kiyib yuradigan bu yigitni u 
ilgari ham uch-to‘rt bor ko‘rgan, ammo gaplashmagan edi. 
... Majlisda eng avval qisqa engli katak-katak ko‘ylak kiygan semiz bir kishi 
so‘z oldi. Sherzod avvaliga e’tibor bermagan ekan. O‘rnida turganidan keyin uni 
tanidi. Sherzod bu odamni dala shiyponida Rais buva bilan birga ko‘rgandi. Xona 
salqin bo‘lishiga qaramay, bu kishi qizarib, bo‘zarib ketgan, kattakon ro‘molchasi 
bilan hadeb yuzlarini, yo‘g‘on bo‘ynini ishqalab–ishqalab qo‘yardi. (O‘.Hoshimov, 
«Nurli dunyo»). 
TENGLANISH VA TOBELANISH 
Gapda so‘zlar bir-biri bilan yo tenglanish, yoki tobelanish orqali sintaktik 
aloqaga kirishadi. 
Tenglanish
orqali birikadigan birikmalar tarkibidagi so‘zlar teng 
xuquqli bo‘ladi, ya’ni biri ikkinchisiga tobelanmaydi. Ular tenglanish ohangi bilan 
aytiladi. Tenglanish, asosan, uyushiq bo‘laklar va bog‘langan qo‘shma gapning 
qismlari orasida bo‘ladi. Misol: 
Biz do‘stlikni, halollikni va rostgo‘ylikni qadrlaymiz

Bu gapdagi uchta vositasiz to‘ldiruvchi (
do‘stlikni, halollikni
va 
rostgo‘ylikni
) o‘zaro 
tenglanish munosabatida birikkan, ular bir xil so‘roqqa javob bo‘lib keladi va o‘zlari 
tobelanib kelgan hokim so‘zga (fe’l kesim - 
qadrlaymiz
so‘ziga) teng holda bog‘lanib 
keladi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin