orphos
va
grapo
so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, «to‘g‘ri
yozaman» degan ma’noni bildiradi.
Orfografiya adabiy tilning yozma shakliga tegishli bo‘lib, so‘zlarni to‘g‘ri
yozish, so‘zlarning o‘zak va negizlarini, qo‘shimchalarini, qo‘shma so‘zlarning
qo‘shilib yoki ajratib yozilishini, qisqartma so‘zlarning yozilishini, bosh harflarning
yozilishini, bo‘g‘in ko‘chirilishini adabiy talaffuz me’yoriga moslab, qoidalashtirib
beradigan fandir. Adabiy tilning yozma shaklini ma’lum qonun qoidalar asosida
turg‘un holatda ushlab turadigan orfografiyaning qo‘yidagi prinsiplari mavjud: fonetik
prinsip, fonematik prinsip, morfologik pгinsip, tarixiy an’anaviy prinsip, etimologik
yoki grafik prinsip.
Fonetik prinsip
. Bu prinsipga ko‘ra so‘z yoki uning tarkibiy qismlari qanday
talaffuz
qilinsa,
shunday
yoziladi:
1)
ko‘k+ga>ko‘kka, tok+ga>tokka,
qishloq+ga>qishloqqa kabi; 2) og‘iz+im>og‘zim, o‘g‘il+im>o‘g‘lim, burun+i>burni
kabi; 3) yosh+a>yasha, son+a>sana, ong+la>angla kabi; 4)so‘ra+q>so‘roq,
qishla+v>qishlov, sayla+v>saylov kabi; 5) ikki+ov>ikkov, etti+ov>ettov kabi; 6)
qot+iq>qattiq, achi+iq>achchiq, isi+iq>issiq kabi; 7) ulug‘+ay>ulg‘ay,
sariq+a>sarg‘ay
kabi.
Fonematik prinsip
. Bu prinsipga ko‘ra harflar so‘z tarkibidagi tovushlar
talaffuziga emas, balki fonemalarga moslab yoziladi, ya’ni yozuvda so‘z tarkibidagi
fonemaning talaffuzi emas, asli hisobga olinadi:
obod>obot, ozod>ozot,
mazkur>maskur, fan>pan, fasl>pasl, fabrika>pabrika, harf>harp
kabi.
12
Morfologik prinsip
. Bu prinsipga ko‘ra so‘z va uning qismlari qanday talaffuz
qilinishidan qat’i nazar asliga ko‘ra yoziladi:
ayt+di>aytti, ket+di>ketti,
borib+di>boripti,
chop+di>chopti,
ish+ga>ishka,
ket+gan>ketkan,
ket+guncha>ketkuncha, zavod+dan>zavottan, ko‘p+dan>ko‘ptan
kabi.
Dostları ilə paylaş: |