112
nega egilib yurasiz? Nimani izlaysiz?—Yoshligimni (Sh.Xolmirzaev). 5. Yursang
doim piyoda, umring bo‘lar ziyoda. 6. Har kuni ertalabdan kechgacha shu erdamiz.
7. Talabalar yozgi imtihon davrida o‘qish zalidan chiqmas edilar. 8. Onam birpasda
oshxonadan bir kosa kepakni ko‘tarib chiqdilar (Oybek).
Mashq
. Matndagi payt holi va ravish hollar ishtirok etgan gaplarni ko‘chiring.
Shu gaplar tarkibidagi bosh bo‘laklarni aniqlang.
Ertalab samovar burqirab qaynadi. Xurjundan
bir kulcha olib burdaladim-da,
ishtaha bilan edim, ustidan issiq choyni ho‘plab-ho‘plab ichdim. Tezda oftob ham
chiqdi. Birin-ketin yo‘lovchilar kela boshladi. Bir vaqt qarasam «Assalom» deb, otini
etaklab Qosim aka ko‘rinib qoldi. Men suyunganimdan irg‘ib o‘rnimdan turdim-da,
unga qarab yugurdim. « E, tovba, sho‘tdamisan» deydi Qosim aka yoqasini ushlab.
...«Yanglishibman-da,
oydin ekan, tong otibdi debman, qoq yarim kechada yo‘lga
tushibman. Yo‘lda biram dahshatli voqea bo‘ldiki, hozir aytib beraman». Men bugun
bo‘lgan voqeani Qosim akaga so‘zlab berdim (Oybek).
Mashq
. Keltirilgan misollar ichidan ravish va payt hollari ishtirok etgan
gaplarni ko‘chiring. Ular qanday so‘z turkumi bilan ifodalanganini ayting. Tanlangan
gaplar tarkibidagi sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilarni ajratib ko‘rsating.
1. Taqachilar terlab, azob bilan otlarning oldida ishlaydilar. (Oybek). 2. Bir pas
sukutdan keyin gapira boshladim (Oybek). 3. Erta bahor edi o‘shanda. Maysalar endi
bosh ko‘tarib sabza bo‘lgandi (Maqsud Qoriev). 4. Tog‘-toshlardan urilib-surilib,
vodiy tomon shoshilib kelayotgan sho‘x daryo shalolalari g‘oyat go‘zal bo‘lsa ham,
bugun kishiga yoqimsizdek tuyuladi (M.Qoriev). 5.
Viloyatlardan kelgan qizlar
normani bemalol bajaradi. Avval ham qilib yurgan ishi (O‘.Hoshimov). 6. Ular bir
etakni to‘ldirguncha peshin bo‘ladi. ўayrat qilmasa bo‘lmaydi. Bir kuni jon-jahdi
bilan ishlashga qasd qilishdi. Birinchi etak ancha tez to‘ldi (O‘.Hoshimov). 7.
Qo‘rquv ichida molxona eshigini ochdi ...Qor kechib bostirma oldiga bordi. Pastak
eshikni tortgan edi, negadir ochilmadi (O‘tkir Hoshimov).
Dostları ilə paylaş: