115
Mashq.
Keltirilgan misollar orasidan maqsad holi ishtirok etgan gaplarni
ko‘chiring va so‘roqlarini belgilang.
1. Tog‘! Uning osmon barobar ko‘tarilib turishini ko‘rishning o‘ziyoq kishini
zamindan bir darajada ko‘targandek bo‘ladi. 2. Bayramxonning o‘ttiz besh
yoshlardagi turkman xotini, yana bir qancha kanizlar, xizmatkor ayollar shosha-pisha
daryo tomonga yo‘l oldilar (P.Qodirov). 3. O‘ozir o‘zida bo‘lgan noxushlikni
yo‘qotish uchun Rayimjol aka bilan suhbatlashmoqchi bo‘ldi (O‘.No‘mon). 4.
Shodligidan qul Tarlon, To‘xtamadi yig‘idan (O‘.Olimjon). 5. Odiljon uyalganidan
hech nima deya olmay, jim turdi. 6. Ko‘zlarini bir-biridan uzmay sekin-sekin
dardlasha boshladilar. 7. Uzoq yo‘ldan charchab kelib uxlab qoldim (Oybek).
Mashq.
Matnda qo‘llangan hollarni aniqlang. Ularning turini va qanday so‘z
turkumi bilan ifodalanganini ayting.
Ehson sog‘liqni saqlash bo‘limining apparatida qoldi. Nosirov unga o‘zini
xayrixoh tutar, apparatda shunday ishchan doktor ishlashiga juda xursand ekanini
hammaga aytar edi. Ehson tayinlangan vazifada bir muncha vaqt ishlagandan so‘ng
Nosirovni uchratdi... Nosirov o‘sha kunning o‘zidayoq Exsonni chaqirib boshqa
ishga taklif qildi. Biroq Ehson o‘z vazifasida qoldi. Nosirov toqatsizlana boshladi. U
o‘zini Ehsonga xayrixoh ko‘rsatishga tirishsa ham, bu xayrixohlik ostida boshqa
narsa borligini boshqalar bilishardi (A.Qahhor).
Dostları ilə paylaş: