Tillar va adabiyot kafedrasi


Atov gaplar (nominativ) gaplar



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 
Atov gaplar (nominativ) gaplar
predmet yoki hodisaning majud ekanligini 
bildiradi. Bunday gaplarda ega va kesim munosabati aniq ko‘rinmasa ham 
predikativlik va gaplarga xos bo‘lgan nisbiy tugal intonatsiya mavjud bo‘ladi. 
Masalan: 
Keng dala. Bu erda har qanday odam bahri dili ochilib yaxshi dam 
oladi. Ko‘klam. Hammayoq yam-yashil libos kiygan.
Nominativ gaplardan keyin, 
albatta, uning izohi, aniq mazmunini ifodalovchi ikki tarkibli gaplar keltiriladi: 
Tong. 
Quyosh erga oltin lentalar yoydi (O‘.Hoshimov). O‘qituvchi bo‘lish. Bu juda katta 
mas’uliyat talab qiladigan kasb. 
Atov gaplar bitta so‘zdan tuzilishi yoki birdan ortiq so‘zlarning birikuvidan 
tuzilishi mumkin: 
Mayning so‘nggi kunlari. 
Talabalar yozgi ta’tilga qizg‘in 


117 
tayyorlanishmoqda.
Oddiy yoz tongi. 
Quyosh kalkovuz suvi bo‘ylab o‘sgan qalin 
tollarning uchida o‘ynaydi (Oybek). Ayrim vaqtda atov gaplar birdan ortiq - qator 
kelishi mumkin. 
Mart oyining oxirlari. Kunduz soat to‘rtlar chamasi. 
O‘quvchilarning qizg‘in munozaralari boshlandi

Mashq.
Berilgan misollar ichidan atov gap ishtirok etgan qurilmani ajratib 
ko‘rsating. Shu gapdagi kesim qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini belgilab 
chiqing. 
1. Jimjitlik. Giyohlar shitirlaydi, shamol chodirni silkitadi (S.Ahmad). 2. Vafo 
va sadoqatni timsoli bo‘lgan Mohlar oyim Farg‘ona xoni shoir Amir Umarxonning 
umr yo‘ldoshi, benazir maslahatchisi, she’riyat osmonida chaqnagan yulduz 
Nodirabegim edi (S.Ahmad). 3. Qish. Butun borliq oppoq choyshab bilan bezangan 
(Oybek). 4. Melodiy 1494 yilning yozi. Saraton issig‘ida Farg‘ona vodiysining 
osmoniga chiqqan quyuq bulutlar kun bo‘yi havoni dim qilib turdi-yu, kechki payt 
birdan jala quyib berdi (M.Ismoiliy). 5. Xazonrezlik payti. Hirot bog‘lariga suv 
beradigan Hirmiyrud daryosi va injil anhorining qirg‘oqlariga za’faron yaproqlar 
to‘kilgan (P.Qodirov). 6. Shu choldevor hovlimiz, shu tirikchilik ko‘zimga har 
qanday boylarning sersavlat uylaridan yaxshi ko‘rinadi (Oybek). 7. Hozir shu 
hamsuhbatlarining ko‘zlari daraxt yaproqlari ortida qoldi (T.Malik). 8. Niyoz hech bir 
mulozamatsiz mashinaning oldingi eshigini ochdi-da, o‘rindiqning changini qoqdi. 9. 
Ikkalamiz pushtada cho‘kkalab qoldik. 10. Kun sovuq. Quyosh dam ochilib 
ko‘ngillarni yoritib yuboradi, dam yopiladi-da, tumshayib oladi (Oybek). 11. Kech. 
Kun qoraygan. Temir yo‘l ustaxonasida majlis o‘tmoqda (Oybek). 
Shaxsi umumlashgan gaplarda ko‘pincha nasihat, maslahat, odob o‘rgatish kabi 
mazmun anglashiladi. 
Bunday gaplarda ba’zan ega mavjud bo‘lsa yoki uni topish mumkin bo‘lsa ham 
gapdagi mazmun o‘sha ega vazifasidagi so‘zga emas umumga qaratilgan bo‘ladi: 
Nimani eksang, shuni o‘rasan. Bu gapda qo‘llanmagan (yoki «tushib qolgan») ega 
sen
so‘zi bo‘lsa ham mazmun umumga (hammaga) qaratilgandir. Shuning uchun 
bunday gaplar shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi. 
Shaxsi umumlashgan gaplar ko‘pincha maqollarda uchraydi: Birni kessang, 
o‘nni ek (Maqol). Dangasaga ish buyursang, senga aql o‘rgatar (Maqol). Aytar so‘zni 
ayt, aytmas so‘zdan qayt (Maqol). Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l (Maqol). 
Kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda (Maqol). 
Mashq.
Berilgan misollar orasidan shaxsi umumlashgan gaplar ishtirok etgan 
bo‘lsa, ularni ko‘chirib yozing. 
1. Yomonga yaqin yursang balosi yuqar. 2. Dangasaga ish buyursang, senga 
aql o‘rgatar. 3. Sherzod bayramni o‘tkazish uchun o‘ziga yuz so‘m olib qoldi-da, 
qolgan pulning hammasini qishloqqa – singlisining nomiga jo‘natdi. Ayasi qanchalik 
quvonishini, qanchalik duo qilishini ko‘z o‘ngiga keltirib, o‘ziyam suyunib ketdi. 4. 
Ko‘z qo‘rqoq - qo‘l botir. 5. O‘g‘ri bo‘lsang ham, insof bilan bo‘l. 6. Otang bolasi 
bo‘lma, odam bolasi bo‘l. 7. Yetti o‘lchab bir kes. 8. Ko‘pdan quyon qochib qutilmas.


118 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin