123
bor! (A.Qodiriy). Undalmalar, asosan, otlar bilan ifodalanadi. Ayrim vaqtda undalma
hoy, hey, ey kabi undalmalar bilan birga qo‘llanadi. Misol: Hoy ukam, men sizni
anchadan buyon axtarayapman. Hoy qarg‘avoy, endi sen gapir-chi! Ba’zan bunday
gaplarda ot bilan ifodalangan undalmalar tushib qolib, undov so‘zlarning o‘zi
undalma vazifasida keladi. Misol:
Hoy,
nega gapirmayapsiz?
Hoy,
bu erdan tez
ketaqolaylik.
Undalmalar bir so‘z bilan yoki birikmali holda kelishi mumkin.
Misollar:
Kuylangiz
xonim qizlar, chevar qizlar,
Boshlarida ipak ro‘mol hilpillasin,
Kuylangiz
asl qizlar, dongdor qizlar
Ko‘kraklarda yulduzlar yaltillasin. (Mirtemir)
Bo‘stonimning guli! Bog‘imning bulbuli!
Ko‘zingni och,
oltinim! Qo‘li qo‘li
gullar
, dard ko‘rmasin qo‘lingiz. O‘lmang, ey qo‘li gul, jafokash bog‘bon!
Undalmalar birdan ortiq holda, uyushib kelishi mumkin:
Surayyo, Muhayyo, Ra’no, Muqaddas
!
Ko‘zimni yashnatib kiyibsiz atlas.
Tiz cho‘kmas, gard yuqmas g‘oyamisiz,
Ey baland cho‘qqilar, qoyalar
. (Z.Obidov)
Suyukli qiz, qorako‘z Navro‘z,
Badaxshonning nozli kaptari,
Sen haqingda yuritaman so‘z. (Mirtemir)
Mashq.
Matndagi undalmalarni ajrating, ularning qaysi so‘z turkumi bilan
ifodalanaganini ayting.
Bobom allaqanday chuqur xayol og‘ushida, boshini quyi solib, jim o‘tiribdi.
Oyog‘im bilan asta eshikni itaraman, bobomga moshxo‘rda olib kiraman.
-Moshxo‘rda... Qaynoqqina oling, buva, - deyman kosani uzatib va tanchaga
tiqilaman.
Bobom g‘ivirlab, ko‘rpacha tagidan bir narsa oladida-da, menga uzatadi.
-Ma, ol! Lekin buving bilmasin, o‘qdingmi, bolam, deydi yuzlariga tabassum
yoyilib.
Bobomning qo‘lidan bir hovuch popuk va qand olaman. –Sevinganimdan
entikib ketaman. Bobom ham mamnun holda boshini asta qimirlatib deydi:
- Kalitni topib, sandiqni sekin ochdim-da, shu popuklarni senga deb oldim.
Lekin zinhor buving bila ko‘rmasin, bolam. Kampir ziqna, - deydi bobom yog‘och
qoshiq bilan moshxo‘rdani shopirib. - Buva gapiring o‘tgan zamonlardan,- yalinaman
qandni chaynab.
- O‘g‘lim, tek o‘tir. Cho‘pchaklar esimdan chiqib ketdi, ko‘p bilardim,- deydi
buvam soqollarini silab. (Oybek «Bolalik»).
Dostları ilə paylaş: