Tillar va adabiyot kafedrasi


Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarda



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 
Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarda
ikki gapdagi voqea-hodisa 
galma-gal yuzaga kelgan bo‘ladi yoki ikki voqea-hodisadan birininggina yuzaga 
kelishi ifodalanadi.
Bunday bog‘langan qo‘shma gaplarda galma-gal yuzaga keladigan voqea-
hodisa ifodalangan bo‘lsa, bunday qo‘shma gap komponentlari goh-goh, ba’zan-
ba’zan, dam-dam, bir-bir kabi ayiruv bog‘lovchilari orqali birikadi. Misol: 
SHiddatli 
jang maydonidan dam yarador jangchilarning ingragan ovozi eshitilar, dam 
Bektemirning og

ir so‘lqin yuzi ko‘rinardi
(Oybek). O‘sha mash’um kun goh savalab, 
yomg‘ir yog‘ardi, goh qor hamma aybni bekitmoqchi bo‘lgandek, qalin yog‘ardi 
(Shuhrat). Ba’zan sho‘x musiqa yangraydi, ba’zan zo‘r qah-qaha olamni buzadi. 
Bog‘langan qo‘shma gapda ikki voqea-hodisadan birininggina bajarilishi 
ifodalangan bo‘lsa, bunday qo‘shma gap komponentlari yo-yo (yoki), hoh-hoh kabi 
ayiruv bog‘lovchilari orqali bog‘lanadi. Misol: Yo ko‘k unga o‘z sirlarini ochishni 


128 
tilamas, yo uning aql ko‘zgusi xiralashib qolgan. Berilgan vazifani hoh o‘zingiz 
bajaring, hoh birovga topshiring. 
Mashq.
Berilgan misollar orasidan ayiruv bog‘lovchilari orqali birikkan 
qo‘shma gaplarni ajrating. 
1. Uning fikri beqaror edi, dam u gapini gapirar, dam bunisini tasdiqlab turar, 
hech bir to‘xtamga kela olmay, boshi garang. 2. Havo tez-tez o‘zgarib turar, dam 
kuchli shamol tursa, dam sharillab yomg‘ir yog‘ardi. 3. Ichkaridan goh o‘tin yorib 
o‘choqka o‘t qalash harakatlari eshitilar, goh xotin kishining tovushi ham kelib turar 
edi (A.Qodiriy). 4. Goh shamol o‘kirar, goh osmonning bir burchida chaqmoq 
charaqlab ketardi. 5. Uni goh Abusaid Mirzo huzuriga chaqirardi, goh hazrat 
Nizomiddin xomush xufiyalar yuborardi (O.Yoqubov). 6. Nuri goh sevinib, shirin 
xayollarga botadi, goh butun vujudini qo‘rquv bosardi (Oybek). 7. Oltinoy goh qult-
qult yutinib, goh sal o‘pkasini bosib, bo‘lgan voqeani gapirib berdi. 8. Yo 
qansharidan o‘q eb er tishlaydi, yo evini qilolsa abjirlik bilan ro‘para kelgan eshikka 
o‘zini uradi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin