Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

–u 
(-yu), -da
kabi yuklamalar biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar 
tarkibida ham qo‘llanishi mumkin. Bularni farqlash uchun qo‘shma gap tarkibidagi 
yuklamalarni 
va
bog‘lovchisi yoki 
lekin
bog‘lovchisi bilan almashtirib qo‘llash 
lozim. Bundan tashqari, biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap ikkita tasdiq 
gap yoki ikkita inkor gapdan tuziladi. 


129 
Misol: 
Ko‘rsatma berildi-yu, ish boshlanib ketdi – Ko‘rsatma berildi va ish 
boshlanib ketdi. 
Keltirilgan misol ikki tasdiq gapdan tashkil topgan bo‘lib, har ikki gap 
biriktiruv bog‘lovchisi (va) vazifasidagi –yu yuklamasi orqali birikkan. Zidlov 
munosabatli bog‘langan qo‘shma gapga misol keltiramiz: Havo bulut bo‘ldi-yu, 
yomg‘ir yog‘madi. – Havo bulut bo‘ldi, lekin yomg‘ir yog‘madi. Keltirilgan 
misoldan ko‘rinadiki, -yu yuklamasi tasdiq va inkor gap orasida qo‘llanib, zidlov 
munosabatini bildirgan va shuning uchun ham zidlov bog‘lovchisi (lekin) bilan 
almashinib qo‘llana oladi. 
Ayrim vaqtda yuklama va zidlov bog‘lovchilari birga kela olishi ham mumkin. 
Misol: Mashrab bir ikki marta ko‘nglidagi bor gapni aytib yuborishga jazm qildi-yu, 
lekin yuragi dov bermadi (O.Yoqubov). 
Mashq.
Keltirilgan misollarning qanday turga kiradiganligini aniqlang. Undagi 
biriktiruvchi vositalarni ajratib ko‘rsating. 
1. Yaxshidir achchiq haqiqat, Lek shirin yolg‘on yomon. 2. Toshni maydalab 
qumga aylantirish uchun bir lahza kifoya, lekin qum toshga aylanishi uchun ming yil 
ham etmaydi. 3. Aytish oson, lekin mone’likni bartaraf etmoq mahol. 4. Odamlar 
oldida uyalishing yaxshi fazilat, ammo bundan ham afzali o‘zing o‘zingdan 
uyalishingdir (L.Tolstoy). 5. Oz yeyish badanga davodir har kez, Va lekin davoning 
asosi parhez. 6. U birdan ketishga shaylandi, lekin shu damning o‘zida bu fikridan 
qaytdi. 7. Qarshisidagi uyning har ikki darchasi ham yopiq, ammo tirqishlaridan 
sham yorug‘ligi ko‘rinar edi (A.Qodiriy). 8. Men ulug‘larga qarshi emasman, ammo 
o‘z fikrlash salohiyatimizni ham ishga solishimiz kerak. 9. Saroy qop-qorong‘i, tinch 
uyquda, ammo bu tinchlikni atrofdagi xo‘rozlarning qichqirishlarigina buzar edi 
(A.Qodiriy). 10. Dugonalar ish bilan band bo‘lishdi, lekin suhbat qovushmadi 
(H.G‘ulom).

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin