Tillar va adabiyot kafedrasi


Bog‘langan qo‘shma gaplarning yordamchilarsiz birikishi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Bog‘langan qo‘shma gaplarning yordamchilarsiz birikishi 
Bog‘langan qo‘shma gap komponentlari yuqorida qayd etilganidek, teng 
bog‘lovchilar yoki shu bog‘lovchilar vazifasini bajaradigan yuklamalar orqali biri-
biriga birikadi. 
Ayrim vaqtda bu yordamchilar qo‘llanmay bog‘langan qo‘shma gap qismlari 
tenglanish intonatsiyasi orqali birikishi mumkin. Misol: 
1.
Quyosh botib borar, 
qizg

ish nurlar to‘lqin yuzida chil-chil sinar edi (O‘.Hoshimov). Quyosh botib borar 
va qizg

ish nurlar to‘lqin yuzida chil-chil sinar edi.
2
. Zum o‘tmay yana shamol o‘kirar, ketidan yana jimlik cho‘kardi 
(O‘.Hoshimov). Zum o‘tmay yana shamol o‘kirar va ketidan yana jimlik cho‘kardi

3

Yodgorning boshi g‘uvillar ko‘zlari achishar edi – Yodgorning goh boshi 
g‘uvillar, goh ko‘zlari achishar edi.
4

Zamonning sur’ati tez, shiddati baland. – Zamonning sur’ati tez, lekin 
shiddati baland. 
Keltirilgan misollardan ko‘rinadiki, teng huquqli komponentlardan tuzilgan 
bog‘langan qo‘shma gaplar tarkibidagi biriktiruvchi vositalar ba’zan qo‘llanmasa 
ham, u bog‘lovchilarni qo‘yib ishlatish mumkin: birinchi va ikkinchi misolda 
va 
biriktiruv bog‘lovchisini, uchinchi misolda 
goh-goh
ayiruv bog‘lovchisini, to‘rtinchi 
misolda 
lekin
zidlov bog‘lovchisini qo‘yib ishlatish mumkin. 


131 
Mashq.
Berilgan gaplar orasidan teng bog‘lovchilar orqali birikkan bog‘langan 
qo‘shma gaplarni ajratib ko‘chiring. Har bir komponentdagi bosh bo‘laklarni 
aniqlang. Bog‘langan qo‘shma gaplarning yordamchilarsiz birikkan turini ham 
belgilab, ularni alohida ko‘chirib yozing. 
1. Yaxshidir achchiq haqiqat, Lek shirin yolg‘on yomon. 2. Onda-sonda 
mashinalar o‘tib qolar, ularning ham ovozi bo‘g‘iqroq chiqayotganga o‘xshardi 
(O‘.Hoshimov). 3. Musaffo osmonda tog‘larning har bir qirrasi ko‘rinar, hamon iliq 
shamol esardi (O‘.Hoshimov). 4. Toshni maydalab qumga aylantirish uchun bir 
lahza kifoya, biroq qum toshga aylanishi uchun ming yil ham yetmaydi. 5. Odamlar 
oldida uyalishing yaxshi fazilatdir, ammo bundan ham afzali o‘zing o‘zingdan 
uyalishingdir. 6. Elmurod avvalgidan ko‘ra ancha engillashgan-u, ammo boshi hamon 
og‘riydi. (Shukrullo) 7. Derazaning narigi yog‘ida shapaloq-shapaloq yong‘oq 
barglari ohista silkinib turar, tashqaridan qaldirg‘ochlarning shodon sayragani 
eshitilib turardi (O‘.Hoshimov). 8. Bulbul sayraydi gulda, havas qaynaydi dilda 
(Qo‘shiq). 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin