133
Mashq.
Berilgan misollarda kesim ergash gapli qo‘shma gaplarni aniqlang va
ular tarkibida qo‘llangan biriktiruvchi vositalarning tagiga chizing.
1. Yana bir tilagimiz shuki, yaxshilarning ezgu niyati o‘ziga yo‘ldosh bo‘lsin.
2. Afsuslanadigan joyi shuki, bu e’tirozni o‘zimdan boshqa hech kim bilmas edi. 3.
Mavzu jihatdan Abdulla Qodiriy ijodi shundayki, yozuvchidan xalqimizning o‘tmish
tarixini saboq bo‘larlik hollarni topib tasvirlashini istaymiz. 4. Mening farmonim
shuki, Shamsibek Ismoil o‘g‘lining zavjasi tikkan falak tasviri barchaning uyida
bo‘lmoqlig‘i darkor (T.Malik). 5. Yana ham qayg‘uli tomoni shuki, mendan
yashiriqcha ko‘rishayotganini onasiga aytib qo‘yishdan uyalgan («Choliqushi»). 6.
Maqsadimiz shuki, yurtimiz bayrog‘i doim porlab tursin. 7. Hayratlanarlisi shuki, bir
vujudda to‘plangan G‘ayrat, aqlu farosat, sadoqat va hokazolar o‘sha onda unga pand
beradi. 8. Tilagimiz shuki, loqaydlik degan balodan tezda qutilaylik.
Mashq.
Berilgan misollarni qaysi xil ergash gapli qo‘shma gap ekanligini
aniqlang. Qismlarni biriktiruvchi vositalarni belgilang.
1. Yaxshisi shuki, meni o‘zingiz bilan safarga olib keting. 2. Qizig‘i shuki, men
uni ovozidan ham tanimay qoldim. 3. Kimki halol mehnat qilsa, u rohat ko‘radi. 4.
Kimki zo‘r ishlarga layoqatli bo‘lsa, u doim tilini tiygan bo‘ladi. 5. Talabimiz shuki,
xonalar yorug‘ va keng bo‘lsin. 6. Ilmga kimki, qo‘lni ursa, minglab buloqni cho‘l
tomon burgan bo‘ladi. 7. Har kimki vafo qilsa, vafo topgusidir. 8. Ahvolimning
chatoqligi shunda ediki, Muqaddas ikkimizni yaqinlashtira oladigan, yakkayu yagona
vosita hozircha imtihon edi. (O.Yoqubov) 9. Har kim tam’a yo‘lin tutsa, agar pesh,
oqibat bir kuni bo‘lg‘usi darvesh.
Dostları ilə paylaş: