Tillar va adabiyot kafedrasi


Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar 
Bunday qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi aniqlovchining mazmunini 
ochib beradi. Ko‘pincha 
shunday, ayrim
, ba’zi kabi so‘zlar bosh gapda aniqlovchi 
vazifasida kelib, ergash gap ana shu so‘zlarning ma’nosini izohlab keladi.
Masalan
: Shunday talabalar borki, ular hamma ishda barchaga namuna 
bo‘ladilar. 
 
Keltirilgan misolda shunday so‘zi bosh gapdagi ot oldida aniqlovchi bo‘lib 
kelgan shunday so‘zining ma’nosini ochib bergan. Shuning uchun bu xildagi gaplar 
aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap hisoblanadi. 
Aniqlovchi ergash gaplar ko‘pincha bosh gapdan keyin keladi va bosh gapga 

ki 
yordamchisi orqali birikadi.
Misol: 1. B
iz shunday kutubxona bino qilaylikki, u butun el qoshida manzur va 
mo‘’tabar bo‘lsin
. 2. 
Ba’zi talabalar borki, ular ham o‘qishda, ham ham sportda 
barchani lol qoldiradilar
. 3. 
Shunday ayollar borki, ular ishqni e’tiqod kabi 
muqaddas tutadilar
. 4. 
Jamiyatimizda shunday muammolar borkit, bularni hal etish 
uchun but’un kuch- g

ayratimizni ayamasligimiz kerak
. 5. 
Hayot shunday ajoyib 
mo‘’jizaki, o‘lim uning evaziga berilgan arzimas bojdir.
6. 
Shunday orzuyim borki, 
uning kelgusi boblariga sening ham yaxshi ishlaring bitilgay
. (P.Qodirov) 
Mashq.
Berilgan misollarni qaysi xil qo‘shma gap ekanligini aniqlang. Ular 
tarkibidagi biriktiruvchi vositalarni belgidlang. 


134 
1. Bizda shunday taassurot paydo bo‘ldiki, bu odam go‘yo hech kim 
echolmagan jumboqni echganlar. 2. Dugonamning shunday odati borki, u birovning 
yuziga hech qachon tik qaray olmaydi. 3. Shunday insonlar borki, ularga butun umr 
havas qilsang arziydi. 4. Shunday odamlar borki, ular boshqalarning mulkiga hasad 
qiladilar, ko‘rolmaydilar (Oybek). 5. Ayrim savdogarlar borki, ular butun umr halol 
luqma bilan yashaydilar. 6. Ba’zi ota-onalar borki, ular farzandlarining taqdiri bilan 
etarlicha qiziqmaydilar. 7. Ular yaratgan san’atlarning shunday qulayligi bor ediki, 
tildan-tilga, eldan-elga, ko‘chib yurardi (A.Avloniy). 8. Hech bir shahar yo‘qki, 
unda ma’rifat maskanlari, oliy dargohlar bo‘lmasa. 9. Navoiy she’riyati shunday 
xazinaki, buni o‘rgangan sari yana o‘rganging keladi. 10. Ne mo‘’jiza yuz berdiki, 
bag‘ri tosh Dilbar uning sog‘lig‘ini so‘rab qoldi?! 11. Shu erdagi odamlar domlani 
qutqazmoqchi bo‘lishsa, u qayrilib ham qaramaydi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin