Asos va qo‘shimchalar imlosi
33. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘z oxiridagi unli o‘zgaradi:
1) a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi qo‘shimchasi qo‘shilganda a unlisi o
aytiladi va shunday yoziladi: sayla - saylov, sina - sinov, aya - ayovsiz; so‘ra - so‘roq,
bo‘ya - bo‘yoq, o‘yna - o‘ynoqi, sayra - sayroqi kabi;
2) i unlisi bilan tugagan ko‘pchilik fe’llarga -v, -q qo‘shimchasi qo‘shilganda bu
unli u aytiladi va shunday yoziladi: o‘qi-o‘quvchi, qazi-qazuvchi, sovi-sovuq kabi.
Lekin i unlisi bilan tugagan ayrim fe’llarga -q qo‘shimchasi qo‘shilganda bu unli i
aytiladi va shunday yoziladi: og‘ri-og‘riq, qavi-qaviq kabi.
Eslatma
: 1) undosh bilan tugagan barcha fe’llarga -uv qo‘shiladi: ol-oluv, yoz-
yozuv kabi; 2) undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qo‘shiladi: uz-
uzuq, yut-yutuq kabi. Lekin uyushiq, burushiq, uchuriq (shuningdek, bulduriq) kabi
so‘zlarning uchinchi bo‘g‘inida i aytiladi va shunday yoziladi.
34. K, q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga, shuningdek, bek, yoq
kabi ayrim bir bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k undoshi g
undoshiga, q undoshi g‘ undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: tilak - tilaging,
yurak - yuragim, kubok - kubogi, bek - begi; tayoq – tayog‘i, qoshiq - qoshig‘i,
yaxshiroq - yaxshirog‘i, yo‘q - yo‘g‘i kabi. Lekin ko‘p bo‘g‘inli o‘zlashma so‘zlarga,
bir bo‘g‘inli ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k, q tovushi
aslicha aytiladi va yoziladi: ishtirok - ishtiroki, ocherk - ocherki, erk - erki, huquq -
huqiqim, yuq - yuqi kabi.
35. Quyidagi qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan so‘zning tarkibida tovush tushadi
yoki ortadi:
1) o‘rin, qorin, burun, o‘g‘i1, bo‘yin, ko‘ngil kabi ba’zi so‘zlarga egalik
qo‘shimchasi qo‘shilganda, qayir, ayir kabi fe’llarga nisbat shaklini yasovchi -il
qo‘shimchasi qo‘shilganda, ikki, olti, yetti so‘zlariga -oy, -ala qo‘shimchalari
qo‘shilganda ikkinchi bo‘g‘indagi unli aytilmaydi va yozilmaydi: o‘rin - o‘rnim,
qorin - qorni, burun - burning, o‘g‘il - o‘g‘ling, ko‘ngil-ko‘ngli, yarim-yarmi; qayir-
qayril, ulug‘- ulg‘ay, sariq-sarg‘ay, ikki- ikkov, ikki - ikkala, yetti- yettov kabi;
2) u, bu, shu, o‘sha olmoshlariga -da, -dan, -day, -dagi, -ga, gacha, -cha
qo‘shimchalari qo‘shilganda n tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: unda,
17
bunday, shunda, o‘shancha kabi; bu olmoshlarga egalik qo‘shimchalari quyidagicha
qo‘shiladi: buningiz, o‘shanisi kabi;
3) o, o‘, u, e unlilari bilan tugaydigan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari
quyidagicha qo‘shiladi:
a) ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchalari -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -si (yoki -
lari) shaklida tovush orttirmay qo‘shiladi: bobom, bobong, bobosi; bobomiz,
bobongiz, bobosi (yoki bobolari); orzum, orzung; ovzusi; orzumiz, orzungiz, orzusi
kabi;
b) parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga I, II shaxs egalik qo‘shimchalari
qo‘shilganda bir y tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoying;
parvoyimiz, parvoyingiz, obro‘yim, obro‘ying; obro‘yimiz, obroyingiz kabi; III shaxs
egalik qo‘shimchasi parvo, avzo, obro‘, mavqe so‘zlariga -yi shaklida, xudo, mavzu
so‘zlariga esa -si shaklida qo‘shiladi: dohiysi kabi;
4) men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda
qo‘shimchadagi n aytilmaydi va yozilmaydi: meni, mening, meniki; seni, sening,
seniki kabi.
36. Quyidagi qo‘shimchalarning birinchi tovushi ikki xil aytilsa ham, bir xil
yoziladi:
1) -bon, -boz qo‘shimchalari ba’zan -von, -voz aytilsa ham, hamma vaqt -bon, -
boz yoziladi: darvozabon, masxaraboz kabi. Lekin -vachcha qo‘shimchasi hamma
vaqt shunday aytiladi va yoziladi: amakivachcha, xolavachcha kabi;
2) o‘rin kelishigi va chiqish kelishigi qo‘shimchasining o‘tgan zamon yasovchisi
va III shaxs ko‘rsatkichi -di qo‘shimchasining boshidagi undosh ba’zan t aytilsa ham,
hamma vaqt d yoziladi: ishda, misdan, ketdi, kelmabdi kabi.
37. Quyidagi qo‘shimchalarning bosh tovushi ikki yoki uch xil aytiladi va
shunday yoziladi:
1) taqlid so‘zlardan fe’l yasovchi -illa (chirilla, taqilla) qo‘shimchasi so‘z
tarkibida v yoki u tovushi bo‘lganda -ulla aytiladi va shunday yoziladi: shovulla,
lovulla, gurulla kabi;
2) nisbat shaklini yasovchi -dir qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir
bo‘g‘inli so‘zlarga ( kel so‘zidan boshqa), shuningdek, z undoshi bilan tugagan
orttirma nisbat yasovchisidan keyin qo‘shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondi; o‘tkazdir,
tomizdir kabi qolgan barcha hollarda bu qo‘shimcha -tir aytiladi va shunday yoziladi:
tiktir, kestir, uyaltir, chaqirtir kabi;
3) jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga, chegara bildiruvchi -gacha, ravishdosh
shaklini yasovchi -gach, -guncha, -gani, -gudek, sifatdosh shaklini yasovchi -gan,
buyruq maylining ikkinchi shaxs ko‘rsatkichi -gin, shuningdek, -gina qo‘shimchasi
uch xil aytiladi va shunday yoziladi;
a) k undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh
tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yo‘lakkacha, ko‘nikkach, zerikkuncha,
tokka kechikkudek, bukkan, ekkin, kichikkina kabi;
b) q undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh
tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha,
chiniqqani, qo‘rqqudek, achchiqqina kabi;
18
v) qolgan barcha hollarda, so‘z qanday tovush bilan tugashidan va bu
qo‘shimchalarning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qat’i nazar, g yoziladi: bargga,
pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha kabi.
Dostları ilə paylaş: |