140
1. Kichik ariqqa suv kelmagani uchun Gulnor chelak ko‘tarib katta ariqqa
jo‘nadi (Oybek). 2. Anvar Mahdumning mahallasiga etganda, kishi tanimaslik
darajada qorong‘u tushgandi (A.Qodiriy). 3. Bular kimningdir uyiga kirishganda,
Sobiraxon hatto to‘rga o‘tgani ham unamadi. 4. Mirzayev xonaga kirib ulgurganicha
yo‘q edi, orqasidan Nasibaxon kirib keldi. 5. Har qanday o‘tkir shoirning ham hamma
yozganlari yaxshi, ammo she’rlari orasida uning butun ijodiy kuchini, san’atkorlik
cho‘qqisini belgilab beradigan bir necha she’rlari bo‘ladi (S.Ahmad). 6. Otliq kirib
kelganda, hayriyatki, Fosih afandi bilan Mamarayim afandi shu erda ekan
(A.Qahhor). 7. U ijod olamining sirlarini tinmay o‘rganar edi, chunki ustozlarining
«turtkisi» uni ijod sari undardi (S.Ahmad). 8. Hozir bir-ikki soat vaqtimiz bor ekan,
shuning uchun g‘irt etib borib, Ayniy domlani ziyorat qilib kelayin. 9. To‘satdan
uning ko‘ngli cho‘kib, chidab bo‘lmas iztirobda qoldi. (O‘.Hoshimov) 10. U zanjirni
tushirishi bilan, notanish odam hovliga otilib kirdi. (O‘.Hoshimov).
Mashq.
Berilgan misollardagi sabab holi ishtirok etgan sodda gaplarni alohida,
sabab ergash gapli qo‘shma gaplarni alohida ajratib, ularni izohlab bering.
1. Yerda tuz ko‘payib, daraxtlar quriy boshladi. 2. G‘azabdan uning ko‘zlari
qizarib ketgan edi. 3. Otasidan hayiqqani uchun biror marta Lazokatga hatto hazil
ham qilmagan edi. 4. Vaqt allamahal bo‘lib qolgan, yotib uxlash kerak edi
(S.Ahmad). 5. U o‘zining bu qilmishidan uyalganidan yuzini ters burdi. 6.
Qaynonangiz yolg‘izlikdan qiynalayotgan bo‘lsa kerak. 7. U boshqa maktabdan
o‘tgan «yangi» qiz bo‘lgani uchun, bir-birini sensirab gaplashadigan sinfdoshlarining
hammasi uni sizsirab gaplashardi (O‘.Hoshimov). 8. Stadion darvozasidan kirishlari
bilan, uzoqdan yigirma qabatli binoning azamat gavdasi ko‘rindi. 9. Anhor tip-tiniq
bo‘lgani uchun suv tagidagi tol xazonlari aniq ko‘rinardi (O‘.Hoshimov).
Dostları ilə paylaş: