Tillar va adabiyot kafedrasi


To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplar



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplar 
Bunday qo‘shma gaplarda ergash gap va bosh gaplardagi mazmunning zidlikka 
qaramay yuzaga keladigan voqea-hodisa ifodalanadi. To‘siqsiz ergash gap bosh 
gapga 
fe’lning shart mayli shakli+ham yoki –da (-sa+ham, -sayam, -sa+da) 
yordamchilari yoki qaramay, bilan ko‘makchisi
orqali birikadi. 
Misol: 1. Taklif qilmasam ham, ayvondan o‘tib, uyga kirdi (O‘.Hoshimov). 2. 
Odamlar seni bilmasa ham, sen odamlarni bil (Maqol). 3. Tizzalari qaltirasa-da, 
to‘xtamay, Qo‘chqor yotgan g‘aramga qarab zipillab ketdi (O.Yoqubov). 4. Oriyat 
buvining chirqillashiga qaramay, Teshavoy bilan Mardonov kirib kelmoqda edi 
(J.Abdullaxonov). 5. U juda ko‘p uringani bilan, ishining natijasi ko‘rinmasdi. 6. 
Mobodo Kimsan akam yo‘q bo‘lganida ham, men borman-ku (O‘.Hoshimov). 7. Har 
qancha qarshi turishimga qaramay, Jamilaning onasi sochimga ip taqib qo‘ydi 
(«Choliqushi»). 
Mashq.
Misollar orasidan to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplarni aniqlang va 
ular tarkibidagi biriktiruvchi vositalarni belgilang. 
1. Yaxshiga qilsang yaxshilik, Ham aytadir, ham qaytadir. 2. Bosh omon 
bo‘lsa, do‘ppi topilar (maqol). 3. Shuncha qistasam ham, ovsinim tuz totmadi 
(O‘.Hoshimov). 4. Hamid yana nimanidir so‘ramoqchi bo‘lsa ham, usta Farfi shoshib 
masjidga burildi (A.Qodiriy). 5. Kun botmagan bo‘lsa ham, qosh qoraygan 
(A.Qahhor). 6. Hali hech narsa gullagan bo‘lmasa-da, go‘yo uzoqdan gul hidi kelardi. 
7. Bu ayolga bir narsa deyishga menda madorning o‘zi yo‘q edi, lekin nima 
bo‘lmasin iliq so‘z aytib chiqib ketdim. 8. Tuyaning dumi kalta bo‘lsa ham, Tulkidan 
dum so‘ramas (maqol). 9. Quloqlarim shang‘illab, ko‘z o‘ngim qorong‘i bo‘lib ketdi 
(O‘.Hoshimov). 10. Muhabbati evaziga baxt quyoshi unga jilmayib boqdi-yu, butun 
dunyo yashnab ketgandek bo‘ldi (O‘.Hoshimov). 11. Yana takror aytamanki, o‘t 
qo‘ygan, qon to‘kkan jinoyatchini kechirib bo‘lmaydi. 
Mashq.
Taniqli yozuvchi O‘tkir Hoshimovning «Quyosh tarozisi» asaridan 
olingan quyidagi misollarning tuzilishga ko‘ra qanday gap ekanligini aniqlang. 
Tushirib qoldirilgan o‘rinlarga kerakli biriktiruvchi vositalarni qo‘yib qanday 
qo‘shma gap ekanligini ko‘rsating. 
1. Tabiatning hech kimga bo‘ysunmaydigan, birovdan ruxsat ham so‘rab 
o‘tirmaydigan o‘z qonuniyatlari bor. 2. U endi yo‘lak tomon yur..., ichkaridan oq 
xalat kiygan notanish qiz yugurib chiqib qoldi. 3. Eshik taqilla..., uning xayoli 


143 
bo‘lindi. 4. Yodgor sal tinchi... o‘zini bosib oldi. 5. Bog‘, aftidan, soyga tutashib 
ket..., o‘sha yoqda suv shuvillardi. 6. Bir vaqtlar gunoh ish qilib qo‘y..., dadasi uni 
ayovsiz kaltaklar edi. 7. Sezdingiz..., mana bu binoda ham ko‘zga yarq etib ko‘rinib 
turadigan bir narsa bor. 8. Uning dilrabo ovozida ... vasl quvonchi yangrar, ... hijron 
iztiroblari ingrardi. 9. Gavhar beriroqqa – erkaklab ketgan yalpizlar ustiga etak yozib 
o‘tirardi. 10. Chumchuqlar chirqillashar ... shamolga ergashgan terak xazonlari 
havoda pirpirardi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin