Tillar va adabiyot kafedrasi


Natija ergash gapli qo‘shma gaplar



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Natija ergash gapli qo‘shma gaplar 
Bunday qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi voqea-hodisaning natijasini 
bildiradi. Natija ergash gap bosh gapga, asosan, 
-ki 
yordamchisi orqali birikadi. 
Bunday qo‘shma gaplarning bosh gap qismida ko‘pincha fe’l kesimga taalluqli 
bo‘lgan (fe’l kesim oldida kelgan) 
shunday, chunonam
kabi so‘zlar ishtirok etadi. 
Ayrim vaqtda ergash gap tarkibida 
natijada, oqibatda
so‘zlari ham ishlatiladi. 
Misol: 1. Ular 
shunday
inoqlashishdiki, Ahmadjon bir masala to‘g‘risida u 
bilan ochiq gaplashdi (A.Qahhor). 2. Qudrat 
shunday 
baqirib yubordiki, qo‘shni 
stoldagilar hangu-mang bo‘lib qolishdi (J.Abdullaxonov). 3. Ular ikkovlari 
shunday 
qalinlashdiki, hatto bir juma kuni Murodxo‘ja domlaning mehmonxonasida bo‘lgan 
o‘tirishda so‘z boyligini tezda aytib tamom qildi (A.Qahhor). 4. Kelgusi yili 
shunday
uloqlar yutayki, hamma meni «Turg‘un chavandoz» desin. 5. U boshini shunday tez 
va kutilmagan vaqtda burdiki, Saidiy ko‘zini ololmay qoldi (A.Qahhor). 6. U 
shunday 
muloyim gaplashdiki, Gulsum yana bir oy o‘ylab, o‘yining tagiga etolmadi 
(O.Yoqubov).
Yuqoridagi misollardan ko‘rinadiki natija ergash gap bosh gapdagi fe’l 
kesimga tobelanib kelgan 
shunday
so‘zining mazmunini konkretlashtirib kelgan va 
bosh gapdagi voqea-hodisaning natijasini bildirgan. 
 
Mashq.
Berilgan misollardan natija ergash gapli qo‘shma gaplarni ajratib, 
ergash gaplar bosh gapga qanday vosita orqali birikkanligini tushuntirib bering.
 
1. Atrof tinch, qushlarning sayrashi tiniq havoda baland yangrardi. 
(O‘.Hoshimov). 2. U talabalarni joylashtirguncha ancha qiynalgan bo‘lsa kerak, 
chehrasi horg‘in edi (O‘.Hoshimov). 3. Rais unga shunday qo‘pol, ters javob berdiki, 
Otaboyev chidab turolmay xonadan chiqib ketdi. 4. Uning bu qadar sovuq muomalasi 
shunchalik qattiq tekkan ediki, alam va xo‘rlikdan ko‘z yoshlarimni zo‘rg‘a tiyib 
turardim. (O.Yoqubov). 5. Fikrlari topmay nihoya, xayol uni ko‘kka uchirdi. (H. 
Olimjon). 6. Har qanday xalq orasida yaxshi, yomon odamlar topiladi, ammo 
xalqning yomoni bo‘lmaydi. 7. Har kimsa nafsining asiri bo‘lsa, ojizlar mulkiga 
cho‘zadi qo‘lin. 8. U shu qadar g‘lati bir hayrat bilan og‘zimga tikilib qoldiki, 
o‘zimni tutolmay kula boshladim. («Choliqushi»). 9. Bu sho‘rlik xaltacha hozir shu 
qadar engillashib ketdiki, ichidagilarni sanashga yuragim betlamaydi. («Choliqushi»). 
10. Bu safar momaqaldiroq shu qadar shiddatli gumburladiki, osmonni ikki bo‘lakka 
tilimlab tashlagandek bo‘ldi. 
Mashq
. Keltirilgan misollardan aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarni 
alohida ko‘chiring, natija ergash gapli qo‘shma gaplarni ham alohida ko‘chiring. 


144 
1. Chunon bexato, chunon zo‘r gapirdimki, hatto orada bir-ikki nozikroq gap 
ham o‘tib ketdi. 2. Bu erlarning oftobi shunday saxiyki, osmoni haftalar, oylar 
davomida bulut ko‘rmaydi. 3. Muhammad Jamol hayajon bilan stolni shunday urdiki, 
natijada dudli lampaning yolqini lovillab ketdi. 4. Men shu qadar chaqqon, epchil 
harakatlar qilardimki, xonimlar hayron bo‘lishib, menga er ostidan qarab qolardilar 
(«Choliqushi»). 5. Bu o‘xshatishlar Boburning ikki podshohdan olgan taassurotlariga 
shu qadar mos kelar ediki, u beixtiyor kulib yubordi (P.Qodirov). 6. Bizda shunday 
odat borki, o‘zidan kichikni ham sizsiraydilar. 7. Navoiy she’riyati shunday 
mo‘’jizaki, uni o‘rgangan saring qiziqishing orta boradi. 8. Shunday jannat bo‘ladiki, 
bu jannatga kirish uchun sen odamlarga ibodat qilasan (A.Qahhor). 9. Shunday 
ayollar borki, ular muhabbatni e’tiqod kabi muqaddas tutadilar. 10. Dunyoda shunaqa 
hodisalar bo‘ladiki, birovga tushuntirish u yoqda tursin, o‘zing ham tushunolmaysan. 
11. Shunday savdogarlar ham borki, ular halol luqma bilan yashaydilar. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin