Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

V. Vergul
quyidagi holatlarda qo‘yiladi:
1. Uyushiq bo‘laklarni o‘zaro ajratish uchun: a) sanash ohangi bilan birikkan 
uyushiq bo‘laklarni ajratish uchun: Do‘stlik -xalqimizning xulqi, odati. b) zidlov 
bog‘lovchilar bilan birikkan uyushiq bo‘laklarda shu bog‘lovchilardan oldin: 
Mulozimlar uning yuvosh, lekin jussasi juda kelishgan yo‘rg‘a Qorabayr otini 
ko‘ndalang qilishdi
(O.); v) takrorlangan bog‘lovchidan oldin: 
Husayn Bayqaro 
xazratlari ham shoir, ham ilmparvar emishlar
(O.) 
2. Undalmani ajratish uchun: a) undalma gap boshida kelsa, undan keyin: 
Aziz 
o‘lkam O‘zbekiston, aziz yoshing muborak!
b) undalma gap oxirida kelsa, undan 
oldin: 
Sizni ilgariroq saylasak bo‘larkan, Ashurali aka!
(H.G‘.) 
Sadoqat bilan xizmat 
qil, o‘g‘lim!
(H.G‘.) v) undalma gap ichida kelsa, har ikki tomonidan vergul bilan 
ajratiladi: 
Hech tashvish tortmagaysiz, oyi, men tinchman
(O.) 
Gap shu, birodarlar, 
dushmanga, jabrga qarshi kurashga tayyorlanish kerak!
(O.) 
3. Kirish so‘z va kirish birikmani ajratish uchun: a) kirish so‘z va kirish 
birikma gap boshida kelsa, undan keyin: 
Demak, paxtadan yuqori hosil olishga butun 
kuch va imkoniyatlar muhayyo;
b) gap oxirida kelsa, undan oldin: 
Ilmsiz, ma’rifatsiz 
yangi turmush qurib bo‘lmaydi, albatta
(H.G‘.) v) gap ichida kelsa, uning har ikki 
tomonidan vergul bilan ajratilinadi: 
Maktabimiz o‘quvchilari, mening eshitishimcha, 
olimpiada g‘olibi bo‘libdilar. Bunday operativchilik, ehtimol, bularning umrida 
birinchi marta bo‘layotgan bo‘lsa
(H.O) 
4. Ajratilgan ikkinchi darajali bo‘laklarni ajratib ko‘rsatish uchun: a) ajratilgan 
aniqlovchilarda: 
O‘rik gulini eslatuvchi qor girdobidan qutilmoqchi bo‘layotgandek 
elayotgan suvoriyning, Farg‘ona yigitining, bor diqqati ilon izidek o‘rmalagan 
yo‘lda
(S.A.). b) ajratilgan izohlovchilarda: 
Ustaning shogirdi, o‘n to‘rt yashar 


149 
Yo‘ldosh, deraza oldida o‘tirardi
 
(O.) v) ajratilgan to‘ldiruvchilarda: Bola taqlidchi 
bo‘ladi: u sizga, o‘z otasiga, taqlid qilishga harakat qiladi (S.Z.) g) ajratilgan 
hollarda: 
Pastliqdan, qichqiriq tomondan esayotan salqin shamol eshigimiz oldidagi 
o‘rikning tilla rang barglarini shitir – shitir uzib uchiradi
(H.G‘.) d) o‘ram shaklidagi 
ajratilgan hollarda: 
Qahraton qishda yalang oyoq muz bosib, saratonda kizg‘in qum 
kechib, issiqda, sovqda obdan pishgan yigitni ham kun xiyla betoqat qilgan edi
(O.) 
5. Bog‘langan qo‘shma gaplarda: a) sodda gaplar zidlovchi bog‘lovchilar 
yordamida biriksa, shu bog‘lovchidan oldin vergul qo‘yiladi: 
Qovun pishmagan, lekin 
sap – sariq pishgan do‘mboq - do‘mboq handalaklar ko‘p edi
(O.); b) yuklamalar, 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin