152
Mashq.
Tinish belgilarini qo‘yib, kerakli o‘rinlarda kichik harfni bosh harf
bilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring. Vergul, tire, qo‘shtirnoqlarning ishlatilishini
tushuntiring.
1. O‘zbekning o‘z xalqiga qilgan xizmati uning paxtachilik rivojiga qo‘shgan
hissasi bilan o‘lchanadi deya o‘z so‘zini dabdaba bilan tugalladi Halilov.
(I.R.)
2.
Mehmonlarga har nav shirinliklar pista bodom quruq mevalar juda mo‘l-ko‘l tortildi.
(O.)
3. Komiljon bilan Tat’yanani chaqiringlar dedi u qabulxonadagi xodimasiga.
(I.R.)
4. Bularning oralarida shoiralar g‘azalxonlar sozanda qiziqchi va raqqosalar
bo‘lardi.
(N.S.)
5. Tog‘da ham pastda ham qishloqda
ham dalada ham hamma erda
fidokorona mehnat tantana qilardi. 6. Kitob sehrli ko‘zgu borliq unda namoyon.
(J.Jabborov)
7. Vatan tinch sen tinch.
(Maqol)
8. Mehnatni Vatanni hayotni sevish
uning
oddiy xislatlaridan
. (U.)
9. Atrofni qurshagan tog‘lar qirlar daraxtlar hamma
narsa bahor havosiga cho‘milganday tiniq yam-yashil ko‘rinadi.
(H.N.)
10.
Uning
ajoyib bir gapi bor inson doimo ilmga intiladi ilmga bo‘lgan tashnalik so‘nishi bilan u
insonlikdan chiqadi. 11. Suv yer elektr bular hayot bahoriga yangi go‘zallik va yangi
nash’a bag‘ishlovchi kuchlar edi.
(O.)
12. Shuni yaxshi bilingki Sobir Umarovich
sizning joningiz xalq uchun davlat uchun kerak.
(Ya.
) 13. Sizdan o‘rtoq To‘raboyev
talabim shu! 14. Otashin shoirimiz Hamid Olimjon
men xalqimning yuragida
yashayman deb yozganida to‘la haqli edi. 15. Diling oq niyating xolis rahmdilsan,
do‘stim.
Dostları ilə paylaş: