Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 
 
Mashq.
Nuqtalar o‘rniga o‘zingiz muallif gapini qo‘yib chiqing va tinish 
belgilarini belgilab, gaplarni ko‘chiring. 
1. Sinfimiz o‘quvchilari sport musobaqalarida birinchi o‘rinni egalladilar. 2. 
Bizga choy keltirib bersangiz... . 
(Yo.Sh.)
3. Qirg‘ovul bilan bedana ... hech qachon 
tushgan joyida turmaydi. 
(Yo.Sh.)
4. Sizlar bimetall plastinkani o‘qigansizlar, yodlari-


154 
ngizdami?... 
(Yo.Sh.)
5. To‘g‘ri, bizning xo‘jalik bu yil planni ortig‘i bilan bajarishni 
mo‘ljallagan ... . G‘o‘zamizning cho‘g‘i yaxshi. 
(Yo.Sh.)
 
 
34-DARS: RASMIY - IDORAVIY USLUB 
Rasmiy-idoraviy (ish qog‘ozlari) uslub
- shaxslar bilan shaxslar orasidagi, 
shaxslar bilan davlat idoralari orasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalashga xizmat 
qiladi. Qisqalik, aniqlik, soddalik rasmiy ish qog‘ozlari uslubining asosiy belgilaridir.
Rasmiy yozishma va hujjatlar uslubi iqtisodiy, yuridik va diplomatik 
munosabatlarda, davlat idoralari, sudlar, savdoga doir o‘zaro muomalalarda aloqa 
qilish uchun ishlatiladi. Shunga ko‘ra, bu uslubda yuridik qonun moddalari,
diplomatik murojaatnomalar-notalar, hukumat idoralarining qarorlari, buyruqlar, 
shartnomalar, rasmiy e’lon va xabarlar, yozishmalar va shu kabi hujjatlar yoziladi.
Rasmiy yozishma va hujjatlar uslubining qo‘llanish doirasi keng va xilma-xil 
bo‘lganligidan uning tarkibi ham turlichadir. Ular leksik-frazeologik hamda 
grammatik vositalarni tanlash va ishlatish jihatidan bir-biridan ozmi-ko‘pmi farq 
qiladi. Masalan, qaror va bayonnoma ishlarida ta’kidlov qismi bilan qaror qiluv
qismlarining o‘rnini almashtirib bo‘lmaydi. 
Bayon qilingan fikrlarning izchillik bilan uzviy bog‘langan bo‘lishiga alohida 
e’tibor qilinadi.
Idoraviy yozishmalarga oid qog‘ozlar, chunonchi, ma’lumotnoma, tilxat, 
chaqiriq hati, tushuntirish xati, taklifnomalar qisqa va aniqligi bilan ajralib 
turadi. Tildagi muayyan nutqiy shtamplar, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllar 
idoraviy yozishmalarga xos xususiyatlar sanaladi. Bu holat idoraviy ish 
qog‘ozlarining vazifasi va xarakteridan kelib chiqadi. Nutqiy shtamplar matnga 
rasmiylik tusini kiritadi. Rasmiy e’lon va xabarlar ham qisqa, sodda, ravon va tezda 
anglashilarli bo‘lishi talab qilinadi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin