Tillar va adabiyot kafedrasi


rasmiy (xizmat) va  shaxsiy



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

rasmiy
(xizmat) va 
shaxsiy 
turlarga bo‘linadi.
Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar davlat muassasalari, kasaba 
uyushmasi, jamoa xo‘jaligi, jamoat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning 
muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish uchun beriladi. 
Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan 
tasdiqlanishi kerak.
Rasmiy ishonchnomaning zaruriy qismlari: 
1. Ishonchnoma beruvchi muassasaning nomi. 
2. Ishonchnomaning tartib raqami va berilgan vaqti (sanasi). 


159 
3. Ishonchnoma berilayotgan (ishonch bildirilayotgan) shaxsning lavozimi va 
to‘liq nomi (ismi, ota ismi, familiyasi). 
4. Qimmatbaho buyumlar olinayotgan (beradigan) muassasaning nomi. 
5. Ishonchnomaning berilish sababi. 
6. Ishonchnomaning amal qilish muddati. 
7. Ishonchnoma berilayotgan shaxs imzosining namunasi. 
8. Moddiy boyliklarni oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomi 
(pasport, guvohnoma). 
Bunday ishonchnomalarni rasmiylashtirish, berish va qayd etish tartibiga rioya 
qilish, nazorat qilish korxona bosh hisobchisining vazifasidir. 
 
NAMUNA (rasmiy). 
Jamoa xo‘jaligining 
to‘rtburchak muhri 
(xo‘jalikning to‘liq nomi 
ishonchnoma raqami, 
vaqti aks etadi)
ISHONCHNOMA 
“Karat stroy” mas’uliyati cheklangan jamiyati jamiyat bosh iqtisodchisi Anvar 
Odilovich Tolipovga Bekabod qurilish jihozlari korxonasi bilan 2018 – yilning II va 
III choragida jamiyatda 600 000(olti yuz ming)ta qurilishbop g‘isht va 1000 
(ming)tonna ohak yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzish hamda mazkur 
topshiriq bilan bog‘liq barcha yuridik harakatlarni bajarishga vakolat beradi. 
Ishonchnoma 2018-yilning 5-oktyabrigacha amal qiladi. 
“Karat stroy” MCHJ 
bosh direktori:
 
Imzo
(S.X.Fozilov) 
Muhr 
Shaxsiy ishonchnomalar ya’ni ayrim shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga 
muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib berilgan yozma hujjatdir. Bunday 
ishonchnoma bilan muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatbaho buyum, zaruriy 
hujjatlarni olish, avtomobilni boshqarish, oldi-sotti shartnomalarini rasmiylashtirish, 
mulkni boshqarish va boshqa ishlarni bajarish uchun ishonch bildiradi. 
Shaxsiy ishonchnomalar oddiy va notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga 
bo‘linadi. Odatda - ish haqi, nafaqa, stipendiya, pochta jo‘natmalarini olish uchun 
yozilgan oddiy ishonchnomalar uni yozgan shaxs ishlayotgan yoki ta’lim olayotgan 
muassasa rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi
Turar joyni hadya qilish, sotish, merosni o‘tkazib berish, mulkni boshqarish, 
avtomobildan foydalanish, merosga haqdorlik huquqi haqidagi guvohnoma olishda 
notarial tasdiqlangan ishonchnomalar amal qiladi 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin