160
institut g‘aznasidan menga tegishli 2018-yilning sentyabr oyi stipendiyasini olish
uchun ishonch bildiraman.
2018.15.09.
Imzo
I.Akbarova)
I.Akbarovaning imzosini tasdiqlayman.
Teatr san’ati fakulteti dekani:
Imzo
(Sh.M.Murotov)
2018.15.09.
Mashq.
Matnda tushirib qoldirilgan tinish belgilari va qo‘shimchalarni to‘g‘ri
topib qo‘ying va daftaringizga ko‘chiring.
ISHONCHNOMA
Men Kamol Yo‘ldoshev guruhdosh... Abdulla Ahmedovga (…. seriyadagi …..
raqam… pasport… ega) Chilonzor tumanidagi 64-aloqa bo‘lim... men... nom...
kelgan 150000 (bir yuz ellik ming) so‘m miqdoridagi pul jo‘natma... ol...
uchun
ishonch bildir…
2018-yil 5-may. (imzo) K.Yo‘ldoshev
K.Yo‘ldoshev imzosini tasdiqlayman.
Institut kadrlar bo‘limi boshlig‘i: (imzo) A.Shukurov.
(muhr)
TILXAT
Tilxat
– korxona, muassasa yoki ayrim shaxsdan ma’lum bir hujjat, pul yoki
qimmatbaho buyumlar olinganligini tasdiqlovchi hujjat.
Tilxat qarzni qaytarish
muddati ko‘rsatilgan majburiyatni ham o‘z ichiga olishi.
Tilxatning asosiy qismlari:
1. Hujjat nomi (Tilxat)
2. Tilxat beruvchining familiyasi, ismi, ota ismi va lavozimi (pul yoki muhim
hujjat olinganda pasport raqami va seriyasi yoki
shaxsiy guvohnoma raqami
ko‘rsatiladi.)
3. Pul (qimmat buyum, hujjat) kimdan olinayotgan bo‘lsa, o‘sha muassasa
nomi yoki shaxsning familiyasi, ismi, ota ismi, lavozimi.
4. Olinayotgan qimmatbaho buyumning to‘liq va aniq ro‘yxati (pul miqdori va
buyumlar
soni avval raqam bilan, so‘ng qavs ichida so‘z bilan yoziladi).
5. Olingan material yoki buyum nimaga ishlatilishi.
6. Qimmatbaho buyum (pul, hujjat) kimning farmoyishiga ko‘ra yoki hujjat
asosida olinayotganligi.
7. Tilxat berilgan sana va beruvchining imzosi.
Izoh: ba’zi hollarda tilxat oluvchining
imzosi namunasi muhr bilan
tasdiqlanadi.
50 000 so‘mdan ortiq qarz shartnomasi qarz tilxati tarzida bitilishi mumkin.
Bunday tilxat bitimi tuzilganligi haqidagi zarur ma’lumotlar (qachon, kimdan pul
qarz oldi,
qancha miqdorda, qayerda, kimga qaytarish kerak,
qarz oluvchinng
imzosi)ni o‘z ichiga oladi. Yirik miqdordagi pullarga beriladigan tilxat notarial
idorasi tomonidan tasdiqlanadi va sud tartibi bilan undirishga hujjat hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: