161
Men, “Teatr san’ati” fakulteti teatrshunoslik bo‘limining
III bosqich talabasi
Nigora Boltabayeva, institut g‘aznachisi Nodira Qurbonovadan guruh talabalarining
oktyabr oyiga tegishli 1126000 so‘m (bir millon bir yuz yigirma olti ming)
miqdoridagi oylik stipendiyasini tarqatish uchun oldim.
2018-yil 15-oktyabr. Imzo N.Boltabayeva
TILXAT
Men, Kattaqo‘rg‘on tijorat kolleji
direktori Aktam Fayzullayev, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining moddiy-ta’minot
boshqarmasiga qarashli kichik korxona boshlig‘i Erkin Karimovdan chet elda
(Koreya)
tayyorlangan, umumiy bahosi 10.000.000 (o‘n million) so‘m bo‘lgan 5
(besh) dona kompyuterni qabul qilib oldim.
2018-yil 15-fevral. (imzo) A. Fayzullayev
TUSHUNTIRISH XATI
Tushuntirish xati
- biror vazifa bajarilmaganligi, mehnat intizomi, kun tartibi
qoidasi va shu kabilar buzilganligi sababining bayoni, ma’muriy shaxs
talabi bilan
yoziladigan xizmat xatidir. Xatining zaruriy qismlari:
1. Hujjat yo‘llanayotgan
shaxsning lavozimi,
familiyasi, ismi va ota ismining
bosh harflari.
2. Hujjatni tayyorlagan (yozgan) shaxsning lavozimi, familiyasi,
ismi va ota
ismining bosh harflari.
3. Hujjat nomi (Tushuntirish xati).
4. Matn (ro‘y bergan voqea, sababi, izohi).
5. Sana va tuzuvchi imzosi.
Izoh: zarur hollarda hujjatlar ilova etiladi.
Namuna:
TUSHUNTIRISH XATI
Men, universitet professor-o‘qituvchilari attestatsiyasi o‘tkazilgan paytda
(2018.21.02.) xizmat safari bilan Samarqandda bo`lganligim
uchun attestatsiyada
ishtirok eta olmadim.
Xizmat safarini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etaman.
2018-yil 25-fevral (imzo)
Z.M.Sharipov
O`zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti “Xalq ijodiyoti”
fakulteti
dekani R.O.Usmonovga
2- bosqich talabasi G‘.G‘ulomovadan
Dostları ilə paylaş: