Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Namuna:
O‘zbekiston milliy universiteti filologiya fakulteti IV bosqich talabasi 
I.Sobirovaning pedagogik amaliyoti bo‘yicha 
HISOBOT 
O‘quv rejasiga muvofiq men 1-martdan 14-martgacha ingliz tili kafedrasi 
dotsenti, G.A.Rasulova rahbarligida pedagogik amaliyotda bo‘ldim. 
Pedagogik amaliyot Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi A.Navoiy 
nomidagi 4-o‘rta maktabda o‘tdi. Pedagogik amaliyot oldiga qo‘yilgan asosiy 
vasifalarni nazarda tutgan holda reja tuzib chiqdim. Bu rejaga ko‘ra tajribali 
o‘qituvchilar mashg‘ulotlarida qatnashaman, faol amaliy mashg‘ulot olib boraman, 
VIII sinfga rahbarlik qilaman, tarbiyaviy ishlar olib boraman, o‘quv-metodik 
ishlarida va maktabning jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etaman. 
Amaliyot davrida men tajribali o‘qituvchilardan A.L.Qodirova, S.N.Azizova, 
S.T.Kan va boshqalarning 36 soat darslarini kuzatdim. 
O‘zim rahbarlik qiladigan sinf darslariga qatnashdim, o‘quvchilar jamoasi 
bilan tanishdim. IX va X sinflarda 12 soat dars berdim. 
Men bergan darslar muhokama paytida ijobiy baholandi. Darslarga 
tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda menga maktabning tajribali o‘qituvchilari 
katta yordam ko‘rsatdi. IX sinfga ingliz tilidan qo‘shimcha “Ingliz tili grammatikasi” 
mashg‘ulotini olib bordim. 
Maktabning pedagogik kengashlari yig‘ilishlarida, yosh o‘qituvchilar uchun 
tashkil etilgan metodik seminarlarda qatnashdim. Tavsiya etilgan pedagogik va 
metodik adabiyotlar ustida ishladim, amaliy mashg‘ulot o‘tuvchi boshqa talabalar 
darslari tahlilida ishtirok etdim. 
Kamchiliklar sifatida quyidagilarni aytib o‘tmoqchiman: maktabda texnika 
vositalari, ko‘rgazmali qurollar yetarli emas. Maktab o‘qituvchlari mashg‘ulotlarda 
ko‘rgazmali qurollardan kam foydalanadilar. 
Ingliz tili o‘qitishni yaxshilash uchun maktabda kompyuterlashgan ingliz tili 
xonasini tashkil etish kerak. Ingliz tili xonalarini nutqni rivojlantirishga yordam 
beradigan ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlash zarur. 
O‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari IX sinfda tarbiyaviy ishlar olib bordim. Sinf 
faollari bilan hamkorlikda “Konstitusiya kuniga” bag‘ishlangan kecha va badiiy 
havaskorlar konsertini tayyorladim. Toshkentdagi O‘zbekiston xalqlari tarixi 
muzeyiga ekskursiya tashkil etdim. O‘zimga biriktirilgan sinf bilan birgalikda “Ingliz 
tilini o‘rganamiz” ko‘rgazmasini tashkil qildik. 


170 
Maktab direktori L.A.Azizov va ilmiy bo‘lim mudiri N.T.Saidova biz bilan 
suhbatlashib, maslahatlar berishdi, ularning yordamlari bilan men kelajakdagi 
ixtisosligim bilan yaqindan tanishdim. 
2018-yil 15-mart Imzo I.Sobirova. 
Ekskursiya safari haqida 
HISOBOT 
Tarix fakultetining 25 nafar 1-bosqich talabalari 2018-yil 20-23-may kunlari 
Samarqand shahriga ekskursiyaga borishdi. Talabalar qadimgi yodgorliklarni 
ko‘rishdi, tarix muzeyiga borishdi va arxeologik qazilmalar eksponatlarini ko‘rishdi. 
Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyini zo`r qiziqish bilan tomosha qilishdi. 
Shuningdek, talabalar Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti 1-bosqich 
talabalarining o‘quv va jamoat ishlari bilan tanishishdi. 
Guruh rahbari: Imzo A.D.Qayumov 
2018-yil 25-may. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin