Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 
besh, o‘n, yigirma, yuz
kabi so‘zlar 
ma’lum miqdor nomlarini bildiradi. 
So‘zning emotsional-ekspressiv va uslubiy bo‘yog‘i 
 
So‘zning semantik tarkibini leksik ma’nodan tashqari yana quyidagi
qo‘shimcha ottenkalar (qirralar) tashkil etadi: 
1. 
So‘zning emotsional-ekspressiv bo‘yog‘i. 
2
. So‘zning uslubiy bo‘yog‘i. 
Emotsional-ekspressiv bo‘yoq
so‘zning leksik ma’nosiga qo‘shimcha tarzi, 
kishining turli hissiy munosabatlarini, uning his- tuyg‘ularini, kayfiyatini ifodalovchi 
belgilaridir. Kishilarning voqelikka bo‘lgan hissiy munosabatlari, his-tuyg‘ulari ijobiy 
yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Masalan: 
bet, aft, bashara, turq
 
so‘zlari salbiy, 
chehra, 
oraz, ruhsor
so‘zlari ijobiy hissiy munosabatni ifodalaydi. 
Uslubiy (stilistik) bo‘yoq
 
so‘zning nutq ko‘rinishlaridan (uslublardan) biriga 
mansubligini ko‘rsatuvchi belgi-xususiyatdir. Masalan: 
armug‘on, giryon, gulro‘, 
dilafro‘z, jo‘shmoq,, mardonavor, mahvash, netay, paymona
kabi so‘zlar badiiy 


27 
uslubga xos bo‘yoqdor so‘zlar sanaladi. 
Ketvorgan, paqqos tushirmoq, qitday, turq, 
boyaqish 
kabi so‘zlar esa oddiy-so‘zlashuv uslubiga xosdir. 
Tilda emotsional-ekspressiv va uslubiy bo‘yoq quyidagi usullarda ifodalanadi: 
1.
Leksik usulda 
2.
So‘zning metaforik qo‘llash usulida 
3.
Affiksatsiya usulida 
4.
Kontekstual usulda 
5.
Fonetik usulda 
1. Leksik usulga
ko‘ra bo‘yoqdorlik so‘z negizining o‘zi bilan ifodalanadi
ya’ni bo‘yoqdorlik so‘zning o‘zida bo‘ladi. Buni leksik ifodalanish deyiladi. Masalan, 
azamat, dilbar, dildora, lobar, xushsurat, fusunkor, pariro‘y, oyparcha, nuroniy, 
hassos; nomard, makkor, kazzob, benomus, xoin, ig‘vogar, iflos

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin