Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

O‘zlashgan qatlam
– o‘zbek tiliga qardosh bo‘lmagan tillardan turli davrlarda 
o‘zlashgan so‘zlardan tarkib topadi. Tarixda fors-tojik, arab tillaridan ko‘plab so‘zlar 
o‘zlashtirilgan. Keyingi davrlarda rus tilidan so‘z o‘zlashtirish kuchli bo‘lgan. 
Tojik tilidan o‘zlashgan
so‘zlar o‘zbek tilining o‘z so‘zlari qatorida turmush 
uchun zarur tushunchalarni anglatadi. Masalan, 
dastro‘mol, dasturxon, kaft, kift, nay, 
dutor, duradgor, paxtakor, serhosil, bulbul, xo‘roz, ohu, pashsha, bel, aft, diydor, 
anjir, anor, daraxt, jo‘xori, sabzavot, juvoz, kulol, yog‘, go‘sht, osh, non, javob, 
xo‘randa, kamina, atlas, chopon, xona, panjara, anjom, kosa, chirog‘, bemor, betob, 
yor, nevara, do‘st, oshno, ohista, tez, bahor, navro‘z, zamin, falak, ombor, saroy, 
ohang, kuy, donish, dono, arzon, baho, shahzoda, shoh, jang, sardor, xudo, pir, 
mehmon, mezbon, baland, past, ovoz, gap
va boshqalar. 
Hozirgi o‘zbek tilida tojikcha so‘zlar bilan birga ularning o‘zbekcha 
sinonimlari ham teng qo‘llanib kelinmoqda. Masalan, 
buloq(o‘zb.) – chashma(toj.), 
yaproq(o‘zb.) – barg(toj.), butoq(o‘zb.) – shox(toj.), manglay(o‘zb.) – peshona(toj.), 
oltin(o‘zb.) – tilla(toj.), quyosh(o‘zb.) – oftob(toj.)
kabi. 
1
Қаранг: И.Тошалиев. Ўзбек тилида паронимлар ва уларнинг стилистик қўлланиши. Ўзбек тили 
стилистикасидан тадқиқотлар.Илмий ишлар тўплами. Т., 1987 йил. 


34 
Tojik tilidan ot turkumiga oid so‘zlardan tashqari, sifat va ravish turkumiga oid 
so‘zlar ham o‘zlashgan: 
astoydil, ozoda, otashin, baland, jangovar, dono, kamtar, 
puxta, shirin 
kabi. Tojik tilidan faqat so‘zlar emas 
hech, chunki, yoki, garchi
kabi 
bog‘lovchi va yuklamalar; 
ba-, be-, bo-, no-, ham-, -kash, -parvar, ser-, -xo‘r, -xush
kabi qo‘shimchalar ham o‘zlashgan: 
badavlat, bechiqim, barkamol, boadab, nohaq, 
hamfikr, mehnatkash, insonparvar, serunum, oshxo‘r, xushxabar
kabi. Tojikcha 
o‘zlashgan so‘zlar oxirida 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin