Lov tasv. s. Kuchli alanga hamda shu alangadan chiqayotgan tovushni bildiradi.
Lov etib 1)birdan alanga olib. Lov etib yonmoq; 2)
ko‘chma birdan qizishib, qizarib
. Sherbek ko‘zlarida faqat qalb bilangina his etish mumkin bo‘lgan allaqanday ehtiros, hayajon bor ekanini payqadi-yu, yuzlari lov (etib) yondi. S.Anorboev, Oqsoy.
Lingvistik (lisoniy) lug‘atlarning asosiy maqsadi so‘zlarning va iboralarning
semantik mazmunini tavsif qilishdir. Shuningdek, lingvistik lug‘atlar so‘zlarning
imlosi, talaffuzi, xalq maqollari, xullas,til birliklariga oid hodisalar haqida ma’lumot
beradi. Tuzilish maqsadiga ko‘ra lingvistik lug‘atlar dastlab umumiy va maxsus lug‘at
turlariga bo‘linadi.
Umumiy lug‘atlar qaysi maqsadni kuzatishidan qat’iy nazar tilning barcha
qatlamiga oid leksikani qamrab oladi. Bunga «Ruscha-o‘zbekcha lugat», «O‘zbek
tilining izohli lug‘ati», «Imlo lugati» singari lug‘at turlari kiradi.
Xususiy (maxsus) lug‘atlar tilning barcha qatlamiga oid leksikani qamrab
olmaydi. Ma’lum bir qatlamga, sohaga oid leksikani chegaralab aks ettiradi. Bunga
biror sohaning terminlari berilgan terminologik lugatlar, dialektal qatlamga oid
dialektologik lug‘at, maxsus leksik qatlamlarni aks ettiradigan sinonimlar lug‘ati,
omonimlar lug‘ati, antonimlar lug‘ati, tildagi iboralarni qamrab oladigan frazeologik
lugat va boshqa shu kabi lug‘atlar kiradi.
11-DARS: MORFEMIKA So‘zning morfemik tarkibi Morfemika grammatikaning alohida bir bo‘limi bo‘lib, so‘zlarning morfemik
tarkibini, undagi morfemalarning o‘zaro munosabatini, turlarini o‘rganadi.
Morfema – so‘zning ifoda qilinishi jihatidan tovushdan keyin turadigan
semantik–morfologik birlik bo‘lib, so‘zning eng kichik ma’noli qismidir. Morfema
so‘zning qayta bo‘linmaydigan eng kichik ma’noli qismi sifatida leksik ma’noni ham,
grammatik ma’noni ham anglatadi. Masalan,
Mehnatkashlarimizning so‘zi