Tillar va adabiyot kafedrasi


mehnat-,  -kash, -lar, -imiz, -ning



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

mehnat-, 
-kash, -lar, -imiz, -ning
qismlaridan tarkib topgan. Bu qismlarning har biri shu 
tarkibda o‘ziga hos ma’lum ma’nosida qatnashgan. 
Leksik ma’no anglatish yoki anglatmasligiga ko‘ra morfemalar 2 turga 
bo‘linadi: 1. O‘zak morfema. 2. Affiksal morfema. 
Masalan, 
uzumzor, mevali, bog‘bon, ishchi, ishla, ishdan, borgan, bordi, 
bolalar 
so‘zlarining
 
uzum, meva, bog‘, ish, bor, bola
qismlari o‘zak morfemalar, -
zor, 
-li, -bon, -chi, -la, -dan, -gan, -di, -lar
 
qismlari affiksal morfema hisoblanadi. 
So‘z morfemalarini aniqlash uchun ularning hozirgi tilimizda xoh leksik, xoh 
grammatik ma’no anglata olishi hisobga olinadi. Ajratilmoqchi bo‘lgan qism hozirgi 
tilda ma’no anglatmasa, boshqa so‘zlar tarkibida ham kela olmasa, uni morfema deb 
bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, ma’noli qismlarning chegarasini turli so‘z tarkiblarini 


41 
qiyoslash asosida aniqlanadi. Masalan,
 
ishchilar
so‘zining 
ish+chi+lar
kabi 
morfemalarga ajratishga asos shuki, o‘zak deb olingan 
ish
 
so‘zi o‘z ma’nosida 
qatnashgan, keyingi so‘zning yasalishi uchun asos bo‘lib turibdi, turli so‘zlar tarkibida 
kela oladi: 
ishga, ishchan, ishli, ishsiz, ishla
 
kabi; 
-
chi
,
affiksal morfema bo‘lib boshqa 
so‘zlar tarkibida ham 
gulchi, xizmatchi, traktorchi
kabi shaxs oti yasab kela oladi; 
-lar
,
ham morfema sifatida turli so‘zlar tarkibida ko‘plik ma’nosini ifodalab kela oladi: 
kitoblar, bolalar, binolar
 
kabi. 
O‘zbek tilida morfemalar o‘zakka ketma-ket, biri orqasidan ikkinchisi 
qo‘shiladi. So‘zni morfemik tarkibga ajratish oxirgi morfemani belgilab olishdan 
boshlanadi va ketma-ket tarzda o‘zak formemani belgilash bilan tugallanadi.
Masalan;
muz

muz+la

muzla+t

muzlat+ish;
ko‘k

ko‘k+ar

ko‘kar+tir

ko‘kartir+ish

ko‘kartirish+di; 
oq

oq+la

oqla+v

oqlov+chi; 
tom

tom+chi

tomchi+la

tomchila+t

O‘
zak morfema
so‘zda albatta ishtirok etadigan, leksik ma’noni beruvchi 
qismdir. O‘zak morfema yangi so‘z yasalishi uchun ham shakl yasalishi uchun ham 
asos bo‘la oladi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin