Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Affiksal polisemiya
. Affikslar ham xuddi so‘zlar kabi ko‘p ma’noli 
(polisemantik) bo‘lishi mumkin. Bir turkumga tegishli bo‘lgan har xil ma’noni 
bildiradigan birgina affiksga polisemantik affiks deyiladi. Masalan, 
-chi,
affiksi 
turlicha shaxs oti ma’nolarini bildirib kela oladi.: 
ishchi, traktorchi, o‘yinchi, gulchi,
tarixchi, hikoyachi, sportchi, paxtakorchi
kabilar; 
-li,
affiksi bir o‘rinda ega ekanlik 
ma’nosini (
mevali, bolali, aqlli, kitobli
) bildirsa, ikkinchi o‘rinda ortiq darajada ega 
ekanlik ma’nosini (yog‘li, suvli, shirali) bildiradi. 
Affiksal omonimiya
. Ma’no va vazifasiga ko‘ra turlicha affikslarning shaklan 
teng kelib qolishiga affiksal omonimiya deyiladi. Affiksal omonimiyaning qo‘yidagi 
ko‘rinishlari mavjud:
1. 
So‘z yasovchi affikslar shaklan teng kelib qoladi. Bunda omonim affikslar 
bir so‘z turkumi doirasida bo‘lishi ham, turli so‘z turkumlari doirasida bo‘lishi ham 
mumkin. Masalan, 
o‘r+oq (ot) – qo‘rq+oq (sifat), yashir+in (sifat) – erk+in (sifat), 
yon+g‘in (ot) – oz+g‘in (sifat), bilim+don
(sifat) – qadr+don (sifat), soch+iq (ot) – 
chin+iq (fe’l) 
kabi. 
2. 
So‘z yasovchi affiks bilan shakl yasovchi affiks shaklan teng kelib qoladi.
 
Masalan, 
maqtan+choq
(sifat yasovchi) – 
qo‘zi+choq 
(otning kichraytish – erkalash 
shakli), 
o‘s+ma
(ot yasovchi) – 
qovur+ma 
(sifat yasovchi) – 
o‘qi+ma
(fe’lning 
bo‘lishsiz shakli) kabi. 
3. 
Shakl yasovchi affikslar shaklan teng kelib qoladi.
 
Masalan, 
mashina+m, 
mashina+ng
(otning egalik shakli), 
o‘qidi+m

o‘qidi+ng
(fe’lning shaxs-son shakli), 


44 
o‘qi+sh, yoz+ish
(fe’lning harakat nomi shakli),
ishla+sh+di, kul+ish+di
(fe’lning 
birgalik daraja shakli) kabi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin