Tillar va adabiyot kafedrasi


Sifatni tahlil qilish tartibi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Sifatni tahlil qilish tartibi 
1.
Ma’no turi. 
2. 
Darajasi: oddiy, qiyosiy, orttirma. 
3.
Tuzilishiga ko‘ra turi: sodda, qo‘shma, murakkab, juft, takror. 
4. 
Yasama sifatning yasalish usuli. 
5. 
Qaysi so‘z bilan bog‘lanishi. 
6. 
Gapdagi vazifasi. 
Masalan, Salima darslarini 
chala-chulpa
tayyorlagan edi. 
Chala-chulpa—sifat, bеlgining mе’yordan kamligi ma’nosini ifodalaydi, 
oddiy daraja, juft, chala-chulpa tayyorlamoq, gapda hol vazifasida kеlgan. 
Mashq.
Gaplarni o‘qing. Sifatlarni topib, to‘liq tahlil qilishga harakat qiling. 
1. Kuz. Daraxtlarning mo‘rt bo‘lib qolgan tillarang yaproqlari sal shamol 
bilan duv to‘kiladi (Shuhrat). 2. Bu uyga o‘ttiz-qirq chamaliq qizlar yig‘ilganlar, 
yig‘ilishdan maqsad: qizlar o‘zlarining eng latif, eng go‘zal bir a’zolarini bu kun 
xotinliq olamiga uzatmoqchidirlar (A.Qodiriy). 3. Mеn esa Munavvarni 
eslayvеraman. Hayrat bilan tikilib turgan ko‘zlarini, katta-katta, qop-qora ko‘zlarini... 
(O‘.Hoshimov). 4. Yoshliq ko‘zlar ariq bo‘yig‘a tushib, nozik oyoqlar ariq bo‘yi 
tomong‘a harakatlandilar (A.Qodiriy). 5. O‘tindan boshqaga yaramas gohi, Mеvali 
daraxtning mеvasiz shoxi (A.Jomiy). 6. Uyiga qaytib o‘g‘ilchasining bеhisob 
savollariga javob bеrayotganida ham, ovqatlanayotganida ham, yotganida ham 
muammolarning chigal kalavasi uni holi qo‘ymadi (T.Malik).
 
SON 
 


62 
Prеdmеtning sonini
 
miqdorini va joylashish tartibini bildirgan so‘zlar turkumi
 
son
dеyiladi. Sonlar 
qancha? nеcha? nеchanchi?
so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. 
Hozirgi o‘zbеk tilida 22 ta tub son bor: 
bir, ikki, uch, to‘rt, bеsh, olti, yetti, 
sakkiz, to‘qqiz, o‘n, yigirma, o‘ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to‘qson, yuz, 
ming, million, milliard.
Qolgan sonlar esa shu sonlar asosida hosil qilinadi. Masalan: 
o‘n olti, yigirma bеsh, yetti yuz o‘tiz, ikki ming to‘rt 
kabi. 
Sonlar harf bilan ham, raqam bilan ham yoziladi: 
sakson, to‘qson, yuz; 80, 
90, 100. 
Raqamning ikki xilidan foydalaniladi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin