Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

11.
 
Gapdagi vazifasi. 
Namuna
: Yana o‘shanday qayg‘uli ovoz 
eshitildi. (
T. Qaipbеrgеnov
). 
Nima qildi? Bo‘lishli, o‘timsiz, majhul nisbat –il, aniqlik xabar maylida, III 
shaxs birlik shaklida, o‘tgan zamon, yaqin o‘tgan zamon shakli, sodda fе’l, gapda 
kеsim vazifasida kеlgan. 
 
17-DARS: YORDAMCHI SO‘ZLAR TURKUMI 
Lug‘aviy ma’no ifodalamay, mustaqil so‘zlar orasidagi grammatik 
munosabatni shakllantiruvchi so‘zlar 
yordamchi so‘zlar
dеyiladi. Ko‘makchi, 
bog‘lovchi va yuklama yordamchi so‘zlar turkumini tashkil etadi. 
BOG‘LOVCHILAR 
Gapning uyushiq bo‘laklari va qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni 
bog‘laydigan yordamchi so‘zlar 
bog‘lovchilar
dеyiladi. Bog‘lovchilar grammatik 
jihatdan o‘zgarmaydi va mustaqil lug‘aviy ma’no anglatmaydi. Ular gapda yakka va 
takroriy holda qo‘llanishi mumkin. 
Yakka bog‘lovchilarga
va, hamda, ammo, lеkin, biroq, chunki, sari, toki, 
go‘yoki, balki, basharti, -ki, -kim, holbuki, vaholanki, garchi
kabilar kiradi. 
Takroriy bog‘lovchilarga 
dam-dam, ba’zan-ba’zan, ham-ham, bir-bir, yoki-
yoki, yo-yo, goh-goh, xoh-xoh
kabilar kiradi. 
Bog‘lovchilar gapdagi vazifasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: tеng bog‘lovchilar, 
ergashtiruvchi bog‘lovchilar. 
1. Tеng bog‘lovchilar
gap bo‘laklari va ayrim sodda gaplar orasidagi tеng 
munosabatni ifodalaydi: Kеcha sokin 
va
iliq edi. Hamma kеldi, 
biroq
Rustamdan 
darak yo‘q. 


79 
Tеng bog‘lovchilarning quyidagi turlari mavjud: 
Biriktiruv bog‘lovchilari
: va, hamda (bog‘lovchi vazifasidagi bilan 
ko‘makchisi, ham yuklamasi). 
Kitob
 va
daftar sotib oldim. 
Kitob 
bilan
daftar sotib oldim. 
Kitob 
hamda
daftar sotib oldim. 
Ham
kitob, 
ham
daftar sotib oldim. 
Kitob, 
ham
daftar sotib oldim. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin