10
Kun botay deb qolgan, «Qorovultepa»ning ko‘lankasi pastdagi soyni tamom
egallagan, faqat olisdagi kapalar, o‘ng qo‘ldagi hali o‘roq tegmagan qizg‘ish bug‘doy
dengizi ipakday mayin tovlanib yotipdi...
Qo‘chqor ko‘rinmaydi, Mashrab esa Akmaldan biroz nariroqda, qizlarga
yordamlashish uchun bo‘lsa kerak, ancha
joyni egallab, qo‘li qo‘liga tegmay o‘ryapti.
Yigitlar, Komilning iltimosi bilan o‘roqqa o‘tgan kunlari Mashrab ancha zahmat
chekkan edi. Ilgari o‘roq o‘rib ko‘rmagan odam, sira qo‘li kelishmas, bug‘doyni
yaxshi qamrayolmas, bug‘doyga qo‘shilib yantoq va to‘ng‘iztaroq ilinar, qo‘li bir
lahzada qop-qora qon bo‘lardi. Mana endi Qo‘chqor bilan Akmaldan
qolishmaydigan, hatto qizlarning o‘rtasiga tushib yordamlashadigan bo‘lib qoldi.
Akmal bir jilmayib, yana o‘roqqa kirishdi. O‘zi qayrab o‘tkirlab olgan o‘roq
uning qo‘lida xuddi sartaroshning ustarasiday o‘ynaydi. U g‘ir-g‘ir shabadaga
ko‘ksini tutib, doim anqib turadigan issiq non hidini to‘yib-to‘yib hidlarkan,
butun
vujudi yayrab ketadi, go‘yo og‘ir qo‘l mehnati emas, kishiga ilhom baxsh etadigan
bir ish qilayotganday zavq oladi. (O.Yoqubov)
Ayrim undosh tovushlar orfoepiyasi
Undosh tovushlarning talaffuzdagi o‘zgarishlari, asosan,yonidagi
tovushlarga
bog‘liq bo‘ladi. Tovushlarning o‘zaro bir-biriga ta’siri natijasida kombinator
variantlar yuzaga keladi. Shuningdek, pozitsion o‘zgarishlar natijasida ham
tovushlarning talaffuzidagi o‘zgarishlar yuz beradi. Jumladan: 1) jarangli
b,d
undoshlari so‘z oxirida jarangsiz
p,t
tarzida talaffuz etiladi:
kitob-kitop, javob-javop,
maktab-maktap, olib-olip, obod-obot, ozod-ozot, avlod-avlot
kabi; 2)
b,d
undoshlari
jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon kelganda
p,t
tarzida talaffuz qilinadi:
ibtidoiy-
iptidoiy, ketdi-ketti, aytdi-aytti
kabi; 3) so‘z oxirida yoki o‘rtasida unli tovushdan
keyin kelgan
v
undoshi
f
yoki
p
tarzida talaffuz etiladi:
aktiv-aktif yoki aktip
,
Avtor-
aptir yoki aftir, avtomobil-aftamabil yoki aptamabil, Sobirov-Sobiruf
yoki Sobirup
kabi; 4)
j,z
undoshlari
sh,s
tarzida talaffuz etiladi:
ijtimоiy-ishtimoiy, mazkur-maskur
kabi; 5) jarangsiz
f
undoshi
p
tarzida talaffuz etiladi. Ma’lumki, turkiy tillarda
f
undoshi bo‘lmagan. Shu sababli arab, fors va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlar
tarkibida kelgan
f
undoshi
p
tarzida talaffuz etiladi
: Fan-pan, faqat-paqat, fosh-posh,
kulfat-kulpat, Orif-Orip, faner-paner, ferma-perma, fabrika-pabrika
kabi; 6)
z
undoshi bilan tugagan so‘zlarga
s
yoki
ch
bilan boshlanuvchi qo‘shimchalar
qo‘shilganda,
z
tovushi
s
yoki
ch
tarzida talaffuz etiladi
: yozsa-yossa, kezsa-kessa,
qizcha-qichcha, izchil-ichchil, bo‘zchi-bo‘chchi
kabi; 7)
ch
undoshi
sh
tarzida
talaffuz etiladi:
uchta-ushta, pochta-poshta, ko‘chdi-ko‘shdi, qochdi-qoshti
kabi; 8)
so‘z oxirida kelgan
k
va
q
undoshlari
g
va
g‘
kabi talaffuz etiladi:
kurak-kurag,
chelak-chalag, kerak-kerag, yutuq-yutug‘, chiroq-chirog‘, pichoq-pichog‘
kabi.
Dostları ilə paylaş: