96
Yoqubjon miyig‘ida kulib qo‘ydi:
- Otdan tushsangiz ham, uzangidan tushmaysiz-a, domla...
- Tushunmadim uka. . .
- Yo‘q endi aytaman-da. . . foydasi yo‘q. . . bo‘rining yesa ham og‘zi qon,
yemasa ham. . .
Saidiy Yoqubjonning bu gapini tushuntirib berdi Salohiddin o‘ylanib turib,
dedi.
- Agar masala siz aytgancha bo‘lsa, albatta, munofiqlik bo‘lar edi.
Bunday
emas. Men bayroq ostiga zo‘r kelganidan o‘tganim yo‘q. Bu bayroq mash’al bo‘lib,
saodati abadiya yo‘lini yoritdi. Turli yaltiroq pardalarni yirtib,
uning ostidagi kir
niyatlarni ko‘rsatdi. Haqiqatni ko‘rdim. Mana shuning uchun o‘tdim.
Saidiy go‘yo Salohiddinga emas, o‘ziga gapirganday, kesatib do‘ng‘illadi.
- Har holda negadir beaqlliroq ziyolilar siz ko‘rgan haqiqatni ko‘rolmaydi.
-Injenerlar ham ziyoli hisoblanadimi – dedi Yoqubjon Saidiyga qarab.
Salohiddin bularning nima demoqchi ekanini bildi,
ammo muddaosini anglay
olmas edi.
-Shaxta voqeasini aytmoqchisiz, shekilli – dedi Salohiddin. –Albatta, ular dono
ziyolilar, aqlli ziyolilar (A.Qahhor).
Dostları ilə paylaş: