98
2. Olmosh bilan
:
Men
dengiz safarini juda yaxshi ko‘raman. U ariq ustidagi
taxta ko‘prikchadan yugurib o‘tdi. (O‘.Hoshimov)
3. Son bilan
:
Ikkovi
xonadan chiqib ketishdi. Ularning
biri
o‘qituvchi,
ikkinchisi
esa shifokor ekan.
4. Sifat bilan
:
Yaxshilar
ko‘paysin,
yomon
qolmasin.
5. Sifatdosh bilan
:
O‘qigan
o‘zar,
o‘qimagan
to‘zar (Maqol).
6. Harakat nomi bilan
:
Yurish foydalidir. Ishlamoq ishtaha ochar. O‘qimoq
ulg
‘
aymoqdir
va hokazo.
Mashq.
Nuqtalar o‘rniga o‘zingiz ega vazifasida kelishi lozim so‘zlarni qo‘yib,
ularning qanday so‘z turkumiga oid ekanligini tushuntirib bering.
1. Bir kuni Munisxondan ... keldi. 2) Bu ... Saidiyning yozishga bo‘lgan
ishtiyoqini yangiladi. 3) ... qo‘lidagi jurnal ichidan bir varaq qoQozni olib
Abbosxonga uzatdi. 4) ... uni avval tanimadim. 5) ... bu ishni qilmang, keyin
pushaymon bo‘lasiz. 6) ... O‘zbekistonning eng chiroyli va obod shaharlaridan biri. 7)
... Sizga tarjima qilinadigan besh-oltita maqola tayyorlab qo‘ydim. 8) ... oldin musht
ko‘tarar. 9) ... tariq ekmas. 10) ... topib gapirar, ... qopib gapirar. 11) Kasalni
yashirsang, ... oshkora qiladi.
Dostları ilə paylaş: