23-DARS: Kesim, uning ifodalanishi va turlari. Kesim bosh bo‘lakning biri bo‘lib, u ega haqidagi hukmni bildiradi. U
predikativlikni ifodalovchi asosiy bo‘lakdir.
Kesim ifodalanishiga ko‘ra ikki yirik guruhga bo‘linadi:
ot kesimlar va fe’l kesimlar. Ot kesimlar ot, olmosh, son, sifat, ravish, harkat nomi bilan ifodalanadi.
Misol:
Biz talabamiz. Mening tug ‘
ilib, o‘sib-ungan erim – Samarqand. Bizning ahdimiz - shu. Shu ulug ‘
diyor – barchamizniki. Birniki mingga. Ikki o‘n besh – bir o‘ttiz. Shahrimiz juda ko‘rkam. Bu erda daraxtlar ko‘p. O‘qish yaxshi, o‘qish undan ham yaxshi. Bo‘sh erlar oz. Umidim yaxshi inson bo‘lmoq. Ot kesimlarning tarkibida ularning shaxs, son va zamonga munosabatini
ko‘rsatish uchun bog‘lamalar (
bo‘lmoq, sanalmoq, emoq, dir ) ishlatiladi. Masalan:
Biz kechagina yosh edik. Hozir talaba hisoblanamiz, yaqin kunda yaxshi o‘qituvchi bo‘lamiz. Mashq. Matndagi ot kesimlarni aniqlang. Ularning qaysi so‘z turkumi bilan
ifodalanganini ayting. Bog‘lamalarni ajratib ko‘rsating.
Yoz saxovat bilan dunyoni sharbatga to‘ldirdi. Kechagina chumak ura
boshlagan chillaki uzumlar dasturxondan arib, o‘rnini qahrabo husaynilarga bo‘shatib
berdi... Hammaning og‘zida, harakatida to‘y. Nahotki, to‘y qiz bola uchun shu kadar
larzali bo‘lsa! Yuragi goh ivishib, shirin g‘ivirlaydi, goh vahimaga tushib, xunuk
visirlaydi. Qaysi biriga quloq solsin? Nega endi vahm? Uyda to‘y taraddudi, yurakda
g‘uv-g‘uv. Otasi kelyapti. Xo‘sh, yana nechuk betoqatlik? Balki To‘tiqiz
oshiqayotgandir? Balki yuragidagi vahm emas-u, vahm bo‘lib ko‘ringan shodlik
hayajonidir? (M. Ismoiliy)
Mashq. Berilgan misollardagi tushirib qoldirilgan so‘zlar o‘rniga o‘zingiz
gapning mazmuniga mos holda kesimlarni qo‘yib ko‘chiring. Kesimlarning ega bilan
shaxs-songa ko‘ra mosligini tushuntiring.
1. Men qishlog‘imizdagi yangi maktabda... 2. Maktab hovlisi o‘quvchilar
bilan... 3. Men qo‘ng‘iroq chalinishi bilan birinchi sinf o‘quvchilari xonasiga, bolalar
bilan ... 4. Ular mening olib borgan suhbatimdan ... 5. Oilamizda hammamiz
o‘qituvchilik kasbini ... va shu kasb bilan ko‘p yillardan buyon... 6. Do‘stimning
onasi tibbiyot institutini ikki yil avval ... va hozir vrach bo‘lib...