111
so‘ng yana bir hafta kechikish ehtimoli bor ekanini bildirib telegramma berdi...
Oradan bir necha kun o‘tdi –
Muhammadrajab jim, Mirza Muhiddinni og‘ziga ham
olmadi. Saidiy ishda ekanida kun bo‘yi uyda o‘tiradi-da, Saidiy kelishi bilan chiqib
ketganicha, saharga yaqin kelardi... Ehson o‘z vazifasida qoldi. Nosirov toqatsizlana
boshladi. Ehson bularning ko‘pi bilan chiqishadi, yordam so‘raydi, qo‘lidan
kelsa
yordam qiladi (A.Qahhor).
Mashq.
Misollar orasidan ravish, sifat va taqlidiy so‘zlar hol vazifasida kelgan
gaplarni ajratib ko‘chiring.
1. Biz universitetda o‘qigan vaqtimizda, ularning yoniga tez-tez borar, yangi-
yangi fikrlar eshitar edik. 2. Qizlar ichida ayniqsa, Dilorom qisqa, mazmunli gapirar
edi. 3. Bolalar, bu xabarni eshitib, og‘zimiz lang ochilib, dag‘-dag‘ titray boshladik.
4. Sobir bizning fikrimizga qo‘shilib, ma’nodor kulib qo‘ydi. 5. Ekinlar asta-asta
rivojlana boshladi. 6. Biz bundan ko‘p xursand bo‘dik. 7. Oz so‘zlang,
lekin soz
so‘zlang.
Dostları ilə paylaş: